Nokia kompaniyasi 11-iyul kuni AQShning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan taqdimotda Lumia 1020 smartfonini taqdim etdi. Bu haqda Lenta.ru nashri xabar beradi. Qurilmaning o‘ziga xosligi uning 41 megapikselli kameraga egaligidir, deyiladi kompaniya press-relizida.
Nokia Lumia 1020
Fotomatritsaning yuqori sifati raqamli “zum” (yaqinlashtirish) imkoniyatlaridan yanada to‘liqroq foydalishga ruxsat beradi. Foydalanuvchi suratdagi ma’lum bir qismni sifatni yo‘qotmasdan turib, kesib olish orqali “yaqinlashtirishi” mumkin.
41 megapiksel deb e’lon qilingan bo‘lsa-da, Lumia kamerasi 1020 38 megapikseldan baland bo‘lmagan sifatdagi suratlarni oladi. Smartfonda “ikkitalik” rejim mavjud bo‘lib, u olingan suratni 38 va 5 megapiksellik ko‘rinishda saqlaydi.
Tavsifi bo‘yicha, yangi smartfon Nokia’ning boshqa flagmanlari – Lumia 920 va Lumia 925 dan katta farq qilmaydi. Unda ikki yadroli protsessor, 2 gigabayt operativ va 32 gigabayt ichki xotira, 1280×768 nuqtali 4,5 dyuymli AMOLED ekran mavjud.
AQShda Lumia 1020 26-iyuldan sotuvga chiqariladi. U 3 xil rangda sotiladi: oq, qora va sariq. Boshqa davlatlarga esa yilning to‘rtinchi kvartalida yetib boradi.
2012-yilda Nokia 41 megapikselli kameraga ega bo‘lgan Nokia 808 PureView qurilmasini chiqargan edi. U Symbian operatsion tizimida ishlar edi. Lumia 1020 esa, Windows Phone 8 asosida ishlaydi.
Xuddi 808 PureView’dagidek, yangi smartfonda ham “piksellar superdiskretizatsiyasi” texnologiyasi qo‘llaniladi: Nokianing ta’kidlashicha, 38 megapikselli suratdan 5 megapiksellisini yaratishda bir necha piksellardan olingan ma’lumotlar bitta “superpiksel”ga birlashtiriladi. Bu suratdagi “shovqin”ni kamaytiradi.
http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=51942388465858&_prevCmd=altGroupMediaThemeComments&tkn=1516
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев