Janubiy Koreyaning eng yirik teleradiokompaniyasi – KBS reper PSY’ning yangi – “Gentlemen” nomli qo‘shig‘iga ishlangan klipni efirga chiqarishdan bosh tortdi, deya xabar bermoqda Agence France-Presse. Bu haqda kun.uz nashri xabar tarqatdi.
KBS’ning fikricha, rolik jamiyatga qarshi hulqni targ‘ib qiladi va yosh auditoriyaga yomon namuna bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
“Gentlemen” klipi 2013-yilning 13aprel kuni PSY’ning Youtube’dagi rasmiy kanalida e’lon qilingan edi, o‘tgan besh kun ichida klipni 140 million marta ko‘rib bo‘lishdi. Rolikda xonanda “Mashinalarni qo‘yish mumkin emas” degan konusli yozuvni otib yuboradi va uni o‘rab turgan ayollarni mazax qiladi, masalan, klipdagi ayollardan biri o‘tirgan stulni tortib oladi.
Ayni vaqtda, Janubiy Koreya prezidenti – Pan Kin He honim 18-aprel, payshanba kuni PSY’ni qo‘llab-quvvatlab chiqdi. Uning qayd etishicha, reper “Gentlemen” klipida foydalanilgan raqs harakatlari uchun ushbu raqsni bir necha yil avval o‘ylab topgan Janubiy Koreya guruhiga pul to‘lagan. Uning so‘zlariga ko’ra, bu bilan PSY mualliflik huquqlarini hurmat qilishga doir namuna ko‘rsatgan.
Reper PSY klipi YouTube’da milliard martadan ko‘proq ko‘rilgan “Gangnam Style” qo‘shig‘idan so‘ng dunyoga mashhur bo‘lib ketdi. Klipga bir necha parodiyalar ishlandi, undagi raqsni esa ko‘plab mashhur shaxslar, jumladan, PSY’ni dunyodagi eng mashhur koreys sifatida tan olgan BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun ham ijro etdi.
http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=51942388465858&_prevCmd=altGroupMediaThemeComments&tkn=1516
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев