Ucell abonentlari 1,502 million kishiga, yoki 15,85 foizga kamaygani ma’lum qilindi. Bu haqda UzDaily nashri TeliaSonera kompaniyasi hisobotiga tayanib xabar beradi. Abonentlar soni kamaygan bo‘lsa-da, 2013-yilning birinchi choragida Coscom kompaniyasining (Ucell savdo belgisi) umumiy daromadi 51,73 foizga oshib, deyarli 107,5 million dollarni tashkil etgan.
Hisobotga ko‘ra har bir abonent bir oyda o‘rtacha 277 daqiqa so‘zlashgan bo‘lib (MOU), bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli 36 daqiqaga oshgan. Ucell bugungi kunda O‘zbekistonda eng ko‘p abonentlarga ega mobil kompaniyalardan biri hisoblanib, 2013-yil 1-aprel holatiga ko‘ra uning mijozlari 7 million 943 kishini tashkil etadi.
Ma’lumki, TeliaSonera 2007 yilda O‘zbekistondagi Coscom kompaniyasini sotib olgan edi. Kompaniya O‘zbekistonda Ucell savdo belgisi ostida faoliyat yuritadi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев