Nikoh to‘yi – bu inson hayotidagi eng unitilmas lahzadir. Lekin ba’zida bu ayyom bo‘lib o‘tgan sananing yoddan ko‘tarilishi biroz noqulay vaziyatni yuzaga keltirishi mumkin. Siz nikohingiz sanasini xotirada saqlashga qiynalisizmi? Har safar turmush o‘rtog‘ingizga sovg‘a ololmaganingizdan xijolat bo‘lasizmi? Agar siz nikoh kuningizni yoddan chiqarib qo‘yishdan charchagan bo‘lsangiz, endi bu muammoni yechishning oson yo‘li bor: nikoh to‘yingiz sanasini eslatib turuvchi uzuk!
Bu oilali kishilar va turmush qurish istagida bo‘lganlar uchun yaratilgan nikoh uzugi bo‘lib, u sizning nikoh to‘yingiz bo‘lib o‘tgan kunga yaqin qiziy boshlaydi va hayotingizdagi muhim sanani yodingizga soladi. “Alaska Jewelry” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mazkur uzuk oddiygina ko‘rinishga ega. U har 10 sekundda 45 darajagacha isishi mumkin. Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, bu antiqa uzukning quvvati tugamaydi. Uning soati va batareyasi ham doimo ishlashi mumkin.
Eslatma beruvchi uzuk tez kunlarda zargarlik do‘konlarida sotuvga chiqadi. Erkaklarga mo‘ljallangan katta o‘lchamdagi uzuklar 760 AQSh dollari qilib baholandi.
http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=51942388465858&_prevCmd=altGroupMediaThemeComments&tkn=1516
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев