Bahor kunlari beg'ubor bolalikni eslatadi: sof, musaffo, ko'ngilga xush yoquvchi. Xuddi boladek, birda qarasang xursand - quyosh charaqlab turadi. Birda qarasang qovoqchalari uyilgan - osmonni qora bulut qoplaydi. Yana birda qarasang ko'z yoshi qilib qoladi...
Bizku, bahor ta'rifini keltirdik, aslida bahor kelishiga vaqt bor. Ammo bugun qalblarda bahor. Bugun 14_fevral. Sevgan va sevilgan qalb sohib va sohibalari uchun sevgi, muhabbat kuni...
Bu bayram, bu shodiyona talabalar o'rtasida, ayniqsa, o'zgacha surur bilan nishonlanadi. Qahramonimiz o'qiydigan oliygoh ham bugun bayram og'ushida. Kimdir sovg'a ko'targan, kimdir sevgi izhor qilgan... Yana kimdir mahzun xo'rsingan...
Murod ertalab har doimgidek erta uyg'ondi. Darsga tayyorlanar ekan, qo'l telefoniga SMS xabar keldi. Unda ucell kompaniyasidan "sevgililar kuni bilan juftingizni qutlang" qabilada reklama e'loni kelgandi. Murodning xush kayfiyati teshilgan pufakdek sekin so'na boshladi. U bo'shashib o'tirib qoldi. Bugun bayrammi?! Sevishganlar kunimi?! Eh sevgi, sevgi! Qalblarni larzaga keltirasanu, o'zing hech eskirasanni ey eski dard!.. Murodning hayoli endigina unutmoq ixtiyor etgani, sevgisi sohibasi Nozima tomon yo'l oldi.
Ularning tanishuvi, muhabbat bog'iga qo'ygan qadamlari bir doston bo'lguligi bois, Hikoya qilmoqqada so'z, yozmoqqada qog'oz va qalam besavod boladek ojiz edi...
Murod u ila o'tkazgan kunlarini bir bir ko'z oldiga keltirarkan, Nozimaning oxirgi marta uchrashganlarida aytgan so'zlari hayolida yana jonlandi.
--Murodjon... Sizga ishonaman, sevgingiz samimiy. Lekin bu borada kalta o'ylamaylik, iltimos. Meni sizga... Dadam aytdilarki... Siz menga... Xullas biz birga bo'lolmaymiz.
--Nima? Nega... Yo'q shoshma, nega oxirgi paytlar shunaqa bo'lib qolding Nozi? Sen baribir menikisan.
--Yo'q, qo'lingizni oling! Iltimos, meni kechiring...
--Osonmi, seningcha nima men... yo'q o'yinchoqmi bu tuyg'u Nozimaaaa!
--Nima faqat siz qiynalasizmi, menchi, baribir tushunmaysiz, tushunolmaysiz. Ey...
Nozima o'shanda yig'lagancha yugurib ketgandi. Keyin Murod dan o'zini olib qochadigan bo'ldi. Murod ham darslarga, kitoblarga, ilmga mukkasidan ketdiyu, orada yetim sevgi bo'zlab qolaverdi...Murod beholgina kiyinib darsga otlandi. Institutga ketar ekan, ko'chadagi qo'l ushlashgan yosh sevishganlarni, sovg'a ko'targan yigitchalarni, alpomishi diydoriga oshiqqan qizaloqlarni ko'rib o'zini yolg'iz qildi. Butun vujudini kuydirayotgan hijron olovida chuqur xo'rsindi. Institutga kelgacha oyoqlari uni fakuktetga emas, Nozima bilan doim uchrashadigan bog' tomonga yetakladi. U beixtiyor o'zlarining qadrdon joyiga, o'rindiqlariga borib o'tirdi. Bog'dagi "kafe" tarafdan haq doim birga tinglaganlari mashur fransuz bastakor-xonandasi Jeo Dassinning "studentlar sonatasi" taralardi. Murod chuqur xo'rsindi. Ko'zlarini yumdi. Kuy sadosi ostida Nozima bilan o'tkazgan shirin damlari bir-bir ko'z oldidan o'tdi. Bir tomchi sog'inchga, alamga, hijronga to'yinga ko'z yoshi sizib lablariga tomdi.
Shu payt uning kimdir siypayotganini, o'sha tomgan bir tomchi ko'z yoshini artib, yosh o'rnidan nafis bo'sa olganini sezib ilkis ko'zini ochdi. Qarshisida ko'zlarida sog'inch, quvonch va hayajon tuyg'ulari birlashib ketgan yosh bilan Nozima turardi...
Jeo Dassin esa to'lqinlanib kuylardi.
Madad Burxon
Hali bu bayramga vaqt bordir, biroq bir hamkasbimning hayotidan ta'sirlanib, bu hikoyani sizga e'lon qilishni ma'qul deb topdim. Uni baholash, fikringizni bildirish sizga havola aziz o'quvchim. Hurmat ila Madad Burxon
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев