Предыдущая публикация
Jononimiz intizor kutdi.
Ko'ngilchasin ezib tolmagan
Hijron yana qo'lidan tutdi.
Yo'limizga intizor boqib,
Ham qalbini sog'inchda yoqib,
Ko'z yoshida hayoli oqib
Jononimiz intizor kutdi.
Har tong qildi ko'kka nolalar,
Bahru ummon ko'zda jolalar,
Bardoshiga taslim qoyalar
Jononimiz intizor kutdi.
Biz tutmagan qo'llari ishda,
Ko'rganimiz huuv o'sha qishda.
Dardi o'xshab Bibi Kumushga
Jononimiz intizor kutdi.
Uning uchun armon ko'zimiz,
Qirq yigitdan ustun so'zimiz.
Gunohkormiz, osiy o'zimiz
Jononimiz intizor kutdi.
Yozolmagum bundan ortiq so'z,
Bilmaydida dardim qorako'z
Sog'inch dilni qiymalar jonso'z
Jononimiz intizor kutdik.
Madad Burxon.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1