Предыдущая публикация
Bolalik chog'imda sevib beg'ubor
Men seni tanidim yurakda ilk bor.
Ammo sen olisda qolgansan jonim
Seningdek topmadim hayotda takror.
Endi seni sevolmayman bas,
Eslama hech, kutmagin zinhor.
Lek netayin yoddan hech chiqmas
Sening isming yodimdan dildor.
Hech yodimdan chiqmaydi jonon,
Ketmang deya nozli boqqaning
Yodimdadir har lahza har on
Sevgi ila dilga oqqaning.
Bunchalar shirindir diydorning ta'mi,
Sog'inch sohilida uning vatani.
Ko'z ko'zga tushganda quvonsa dillar
Asli shu emasmi Olloh bergani.
Sog'indimu sog'inganim aytolmadim
Umid uzib boshim burib qaytolmadim.
Qancha qildim, kuyib yondim lek baribir
Yuragimdan muhabatni haydolmadim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев