"ASRASIN"
Ko'nglingamas,pulinga
Yor bo'lgandan asrasin
Tuzing yeb tuzlug'inga
Tupurgandan asrasin
MxM
Omading kelsa agar
O'zin qo'yarga joy topmay
Oyog'inga darrovgina
Bolta urgandan asrasin
MxM
Yoningda yashnab yurgan
Quzg'unlardan asrasin
Qoninga tashna bo'lgan
Dilxunlardan asrasin
MxM
Yurgan yo'lingda payt poylab
Chox qazishar ataylab
Ular niyatiga yetgan
O'sha kundan asrasin
MxM
Xayot maydonlarida
Nopok kurashdan asrasin
Boshinga tushgan nohaq
Sarguzashtdan asrasin
MxM
O'ngga boqsang firibgar
Chapga boqsang lo'ttiboz
Uyalmas nomaxramlar
Ularga qarashdan asrasin
MxM
Joynamozdan boshqasiga
Egilmoqdan asrasin
Xalol qolib xaromga
Teginmoqdan asrasin
MxM
Pokiza tuting qalbni
Niyatingiz oq bo'lsin
Maqsadga yetmay turib
Chekinmoqdan asrasin
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев