Предыдущая публикация
"KUTDIM"
Yana senga tushdiyu ko'zim
Nogoh yana o'zim unutdim
Aytay senga dildagi so'zim
Axir buni qanchalar kutdim
MxM
Yolg'on dersan so'zlaring balkim
Sog'inchlarim ichimga yutdim
Bir bor boqay ko'zlaringa jim
Axir buni qanchalar kutdim
MxM
Sensiz o'tgan kunlarim qora
Sensiz yurak og'riydi sim-sim
Etay endi dardim oshkora
Axir buni qanchalar kutdim
MxM
Sevgim ko'mib tubsiz chuqurga
Dunyolardan men tanho o'tay
Mayli menla bo'lmagin birga
Kelsang agar bir umr kutay
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев