Предыдущая публикация
"GUZAL"
Ko'ngilning ko'chasida
Qurilgan uychasida
Yashar guzal misoli
Qizg'aldoq g'unchasida
MxM
Ko'rinmasmish xech kimga
Guzal-sarob singari
Kuni qolgan ko'ngilga
Sog'inmas sog'ingani
MxM
G'uzal dardi ichida
Yuragi xovuchida
Unsiz to'kadi ko'zyosh
Qalbi aks xar tomchida
MxM
Kulgu unga begona
Kul bo'ldi yona-yona
Yolg'izlik peshonami
Bo'lar ba'zan xayrona
MxM
Biror kun kular baxti
Shodon yurarda u xam
Tugab azoblar vaqti
Topar dardiga malham
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев