"ONA QADRI"
Onangiz borida yeting qadriga
Tog'lar xam tan bergan ona sabriga
Xali ulguraman deb xech ortga surmang
Ishonmang gerdayib yurgan qaddiga
MxM
Xar kuni demayman,mayli oyda bir
Onam deb yoniga boring o'zingiz
Bu dunyo charxpalak,bo'lmasin taqdir
Axir bor sizning xam o'g'il-qizingiz
MxM
Onangiz borida yeting qadriga
Shirin so'zlaringiz mador qalbiga
Uyalmang,yuzingiz bosing kaftiga
To'yib oling onangiz issiq taftiga
MxM
Onangiz borida yeting qadriga
O'zingiz shifosiz uning dardiga
Boshingizni qo'yib yoting bag'riga
Bir lahza qo'l siltang bari bariga
MxM
Bu dunyo ishlari tugamaydi xech
Onangiz borida yeting qadriga
Birodar unutmang,bo'lmasinda kech
Keyin borasizmi ketsa qabriga
MxM
Sovuq tuprog'ini quchib yig'lamang
Endi boringizdan kechib yig'lamang
Foydasi yo'q,qo'ying ruhni qiynamang
Onangiz borida yeting qadriga
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев