Sahar payti Shomuil Shoulni chaqirib:— Boʻla qol! Seni kuzatib qoʻyaman, — dedi. Shoul Shomuil bilan birga tashqariga chiqdi. Shahar chekkasiga yaqinlashganlarida, Shomuil Shoulga dedi:— Xizmatkoringga ayt, u bizdan oldinroq yursin. Sen orqaroqda qol, senga Xudoning kalomini aytaman. Soʻngra Shomuil moy idishini olib, Shoulning boshiga moy surtdi. Keyin Shoulni oʻpib, shunday dedi:— Mana, Egamiz senga moy surtib, Oʻz xalqiga hukmdor etib tanladi.
Shomuil Isroil xalqini Mispaxga, Egamizning huzuriga chaqirib, shunday dedi:— Isroil xalqining Xudosi — Egamiz aytmoqda: “Isroil xalqini Misrdan Men olib chiqqanman. Misrliklarning va sizlarga zulm qilgan hamma shohliklarning qoʻlidan sizlarni qutqardim. Ammo bugun butun mashaqqat va zahmatlaringizdan sizlarni qutqaradigan Men, Xudoyingizni rad qildingiz hamda: «Bizga ustimizdan shoh tayinlang», dedingiz. ”
Odamlar yugurib borib, Shoulni olib kelishdi. Shoul xalqning orasida tikka turgan edi, hamma uning yelkasidan kelar ekan. Shomuil butun xaloyiqqa qarata:— Egamiz tanlagan odamni koʻryapsizmi, butun xalq orasida unga teng keladigani topilmaydi, — dedi. Shunda xalq:— Yashasin shoh! — deb hayqirdi. Shomuil shohlikning qonun–qoidalarini xalqqa aytib berdi. (Keyinchalik Shomuil bu qonun–qoidalarni kitob holiga keltirib, Egamizning uyiga qoʻydi.) Soʻng hamma odamni uy–uylariga joʻnatib yubordi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев