Pul deysan kulasan inson qadriga
Qachon yetgan eding uning qadriga
Sherik bo'loldingmi bitta dardiga
Nafsing yo'llarida qulmisan inson?
Hohishlar ortidan yurasan mudom
Qayga olib borar manziling qay yon
Niyyating ham ohiri bo'ldiku ayon
Nafsing yo'llarida qulmisan inson?
Erta kech hayolda o'yga tolasan
Bir zum kimligingni bilmay qolasan
Ko'ngling uchun yurag bagirim tilasan
Nafsing yo'llarida qulmisan inson?
Hayotga qo'yasan yo'lg'ondan ko'ngil
Tilib ketsa ham til butundir ko'ngil
Gunohlar yo'mgiri yo'g'moqda cho'mil
Nafsing yo'llarida qulmisan inson?
Armonim bor deya aybing unutib
Gumonim bor deya ko'ngil sindirib
Behuda insonlar ko'nglini tilib
Nafsing yo'llarida qulmisan inson?
Tugaydi sabrning sariq kosasi
Qilgan ishing shaytonni naq andozasi
Shunchalar bo'larmi inson bolasi
Nafsing yo'llarida qulmisan inson?
Birovning dardiga bo'lmasang sherik
Yashab yuribsanda dunyosan turik
Bo'lganing yahshidi bu kundan o'lik
Nafsing yo'llarida qulmisan inson?
Tugadi bugundan sabrlar tamom
Yuragim ham endi bo'ldi yarim jon
Kam edi ichganing tomirlardan qon
Nafsing yo'llarida qulmisan inson?
Gururing sindirmay ko'ngling choktirmay
Gunoh ishlarni hech nazarga ilmay
Ajinlar tushurding yuzinga talay
Nafsing yo'llarida qulmisan inson?
Istaging yo'lida ishing bitirib
Ko'ngling yo'liarida nafsing to'ydirib
Kimlarni g'ururin ko'nglin sindirib
Nafsing yo'llarida qulmisan inson?
Bizlarku qilamiz o'zgina sabr
Ammo ohirat bor ohiring qabr
Bo'lib qolmasmikin senga ko'p jabr
Nafsing yo'llarida qulmisan inson?
Dunyoyingdan chiqgin dunyolarga boq
Bo'lib qolma kimlarga ermag oyinchoq
Balki kerakmikin senga ovunchoq
Nafsing yo'llarida qulmisan inson?
Hayoni unutib hayolga chomib
Nafsning ummoniga ketdingmi chomib
Nomusu oringni tuproqqa ko'mib
Nafsing yo'llarida qulmisan inson?
Pul deya akayu ukani sotsang
Sevgan yorim deya onangdan tonsang
Qani endi do'zahni sen yodga olsang
Nafsing yo'llarida qulmisan inson?
Ishonchu sadoqat bo'lsa bir chaqa
Shaytonlar ko'paydi hozir sendaqa
Bazi ishlaringga ushlayman yoqa
Nafsing yo'llarida qulmisan inson?
Hirslaring sarsondir nafsing yo'lida
Bazi insonlar bor shayton qulida
Nima qilding bugin jannat yo'lida
Nafsing yo'llarida qulmisan inson?
Topolmay qoldim men senga bir chora
Ko'ngling yo'llarida bo'lding ovora
Yoqmasam mayliga desang ham qora
Nafsing yo'llarida qulmisan inson?
Haq gapin har doim qilasan inkor
Ko'ngil ko'chasidan o'tasan ming bor
Umring o'tib ketdi qanchasi bekor
Nafsing yo'llarida qulmisan inson?....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев