Предыдущая публикация
Ota ona bu davlat
Har bir so'zida hikmat
Bo'lsin bizlarga ibrat
Ota bo'lish osonmi
Mijja qoqmay mudragan
Bolam deya asragan
Oq yuvib oq taragan
Ona bo'lish osonmi
Dard cheksang chekib figon
Mushkuling qilgan oson
Bilmasang unda yomon
Ota bo'lish osonmi
Yemay yedirgan oson
Kiymay kiydirgan har on
Tug'gan hatto berib jon
Ona bo'lish osonmi
Duosi ham o'q degan
Farzandidan pand yegan
Gunohin kechib kelgan
Ota bo'lish osonmi
Ranjitib bilmay qadrin
Tugatib hatto sabrin
Kechirgan bari barin
Ona bo'lish osonmi
Erkaliging ko'targan
Cho'g'da turib ko'targan
Doim davlat atalgan
Ota bo'lish osonmi
Suyakka tig qadalgan
Farzand uchun yaralgan
Poyi jannat atalgan
Ona bo'lish osonmi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев