Alamlarda qoldim bugin dardim bilan
Sevdim deya zor yig'lagan qalbim bilan
Ayriliqning jor ovozi aytar o'lan
Aro yo'lda yuribman men dil tufayli
Bir biriga yetkanmikin Majnun Layli.
Ne balolar o'tmadiya g'arib boshdan
Bu boshlarham qattiq ekan hatto toshdan
Yurag yig'lar ayrildim deb qalam qoshdan
Aro yo'lda yuribman men dil tufayli
Bir biriga yetkanmikin Majnun Layli.
Mehr narhin so'rayverib bet qolmadi
Farhod Shirinlar ham bildi lek aytmadi
Qaysar yurak sevgisidan hech qaytmadi
Aro yo'lda yuribman men dil tufayli
Bir biriga yetkanmikin Majnun Layli.
O'tkan kunu ishqim mening ertak bo'ldi
Kimga ermag kimlargadir kerag bo'ldi
Qolimda gul yurakka dil kerak bo'ldi
Aro yo'lda yuribman men dil tufayli
Bir biriga yetkanmikin Majnun Layli.
Muhabbatni izlab cho'lni kezdim sarson
Uchratmadim qoldi dilda faqat armon
Qaysi oshiq sevgisiga yetkan oson
Aro yo'lda yuribman men dil tufayli
Bir biriga yetkanmikin Majnun Layli.
Oshiq yurak tinchlan endi sen bir nafas
Keng dunyoni qilma endi menga qafas
So'zlarimdan ranjib yana olmagin qasd
Aro yo'lda yuribman men dil tufayli
Bir biriga yetkanmikin Majnun Layli.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев