15.
Alloh azza va jalla manfaatsiz qilgan narsalarda manfaat bor deb, e'tiqod qilish
Ba'zi insonlar tumor, isiriq, taqa, koʻzmunchoq, chigʻanoq va shunga oʻxshash narsalarning manfaati bor deb ishonadilar. Buni ular sehrgar, folbin va yoki yoshi kattalardan eshitganlar. Shuning uchun bu narsalarni koʻzdan saqlash yoki balolarni qaytarish maqsadida, imoratlariga, soʻrilariga, sayyoralariga, boʻyinlariga va bolalariga osib, hatto kiyimlariga tikib qoʻyadilar. Ba'zilar esa har hil toshlardan yasalgan uzuklar taqib oladilar. Bu shubhasiz Allohga boʻlgan tavakkulni bekor qiladi, insonga zaiflikni ziyoda qiladi hamda bu harom bilan davolanishdir. Odamlar osib olgan tumorlarning aksari ochiq shirk, jin va shaytonlardan yordam soʻrashdir. Ularning ba'zilarida noaniq rasmlar chizilgan yoki tushunib boʻlmaydigan yozuvlar boʻladi. Ayrim sehrgarlar Qur'on oyatlarini shirk bilan aralashtirib yozadilar, ba'zilari esa najosatlar va hayz qoni bilan yozadilar. Bunday tumorlarni osib olish haromdir.
Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Kim tumor osib olsa mushrik boʻlganligida hech shak-shubha yoʻqdir”. (Imom Axmad)
Bu ishlarni qiluvchi kishi, mana shu narsalar Allohning iznisiz oʻzlari mustaqil ravishda foyda yo zarar beradi deb e'tiqod qilsa, katta shirk qilgan mushrik boʻladi. Agar, ular foyda yo zararga sababdirlar deb e'tiqod qilsa - holbuki Alloh ularni sabab qilmagan – kichik shirk qilgan mushrik boʻladi va bu sabablardagi shirk bobiga kiradi.
(Tarjimondan:
Bularga qoʻshimcha tarzda, boshqa bir hadisda: “Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam bir kishining qoʻlida misdan boʻlgan halqani koʻrib: “Bu nima? deb soʻradilar. U kishi: “Zaiflikdan” dedi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “Buni yechib tashla, bu senga faqat zaifliknigina ziyoda qiladi. Agar shu narsa boʻlgan holatda oʻlib ketsang xargiz najot topa olmaysan”, dedilar. Imom Ahmad.
Rosululloh sollallohu alayhi va sallam bir kishining qoʻlida istmadan ip taqib olganini koʻrib kesib tashladilar-da: “Ularning koʻpchiligi mushrik boʻlgan holatda Allohga iymon keltiradilar” degan oyatni oʻqidilar.
Ibn Mas'ud roziyallohu anhu dedilar, Paygʻambar sollallohu alayhi va sallamdan eshitdim, U zot shunday dedilar: “Dam solish, (parihonlar, azayimxonlarning dam solishi kabi) tumor, isitma-sovutma shirkdir”. (Imom Ahmad va Abu Dovud)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 3
Allohdan boshqa dan sõrash.....birinchi stsini õqisez yanada tõliqroq tushunasiz.
Muhimi shirk oğir gunoh Alloh saqlasin xammamizni