Предыдущая публикация
qiz boshida
Ròmollari bor.
Bizni deya ox qanday
Xayollari bor?
Gul yuzin andozasi
Ròmolga kòchgan,
Asli ròmol bezatgan
Jamollari bor.
Kipriklarin ostida
Qalqiydi jonim,
Yulduz kòzlar ustida
Hilollari bor.
Qòrqamanda ròmoli
Boshdan uchmasin,
Axir Qòqonning qattiq
Shamollari bor.
Yigitga yor, qizlarga
Ròmol yarashgay.
Òzbegimning shunday gap
Maqollari bor.
Boshdan gulli ròmolin
Aslo yechmasin,
Sochini ham kesmasin
Zavollari bor.
...... qiz kim òzi
Qiziqar kòplar
Odamlarning menga shu
Savollari bor.
Men aytaman u gòzal
Vafoli bir yor.
Lekin uning òģil va
Qiz bollari bor...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 2