Предыдущая публикация
Yoddan chiqqan bir tush misoli.
Kònikaman bariga mamnun,
Qiynamaydi hijron zavoli.
Unutaman men seni bir kun,
Kòksim ezmas siyohrang alam.
Aylanadi sensiz ham gardun,
Oftob chiqib, botar sensiz ham.
Unutaman seni albatta,
Tòlamayman kòz yoshdan hiroj.
Yiģlamayman,
Kònikaman,
Va-
Unutaman topib bir iloj.
Demaginki, unutolmaysan?
Adashsan!
Dosh berar ģurur.
Yigitman-ku kuchli irodam,
Kònikaman!
Hali qarab tur!
Sevgi senga bòlsa gar hazil,
Demak, menga ham hazil sòzing.
Vafo nima bilmading bedil,
Unutaman men butkul òzing.
Unutaman men seni bir kun
Eslayman hatto ziģircha.
Bir on seni unutmoqlikning,
Iloji yòq,
Lekin,
Hozircha...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 13
pauza qivordizku k6p...