Bu sevgim tarixini
Asli yozgim yòq edi.
Gar yozmasam isitma-
Olib, tanam chòģ yedi.
Yana sevgimi demang,
Yana chuqur "ux" tortmang.
Buni sizga aytaman,
Faqat birovga aytmang!!!
Zarina qishloqdoshim,
Zar kokili soy edi.
Dugonasi atirgul,
Sinfdoshi oy edi.
Zarina deb dushmanim
Bisyor edi qishloqda.
Ammo, uni sevganim
Oshkor edi qishloqda.
Bitta qizga ming talab,
Oshiqlar qadam qadam.
Bu yòlda eng murakkab
Raqibim edi Rustam.
Menda qalam, Rustamda-
Bilak kuchi zòr edi.
Faqat bitta muammo,
Rustam "boksyor" edi..
Bir kun aytdim Rustamga
-Zari meni sevadi.
Sendek mushtim zòrgamas,
Tegsa menga tegadi!
-"Bu havoyi gaplarga
Bòlavermagin moyil,
Daģdaģangni qòy, borib-
She'rlaringni yoz shoir!"
-Nima deding shoshmay tur?
Bu yoqqa kel lapashang!
Rustamga òn musht otsam,
Bittasi tegdi arang...
Menda qalam, Rustamda-
Bilak kuchi zòr edi.
U meni yomon urdi,
Rustam "boksyor" edi.
Òn mushtga bitta zarba,
Ana holos, haya-hut.
Sevgim bilan bir zumda
Bòlib qoldik "nokaut".
Qòrqoq demang, òl demang,
Ha shoir-a, gòl demang,
Rustam turganda senga-
Bòlsin katta yòl demang.
Axir, aytdimku sizga,
Rustamda kuch zòr edi.
Men lapashang bir shoir,
Rustam "boksyor" edi.
Zarina na Rustamga,
Na menga nasib etdi.
Bir kuni uni shaharlik
Boyvochcha ilib ketdi.
Rustam bor alamini
Charm qòlqopdan oldi.
Yillar òtib bir kuni
Jahon ģolibi bòldi.
Menmi?...Qòying men hamon
Dalli shoirman òjar.
Ammo, bir gap Rustamga
Bòlib qolibman boja!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 16
sizga bitta arzim bor
bojalar qatoriga
men ham qòshilsam deyman.
Oila azlolaringizdi baxtiga sog'u salomat boling..
Soģ bòling iloyim!