Sandiq uzoq vaqt — yigirma yilcha Xirat–Yoʻrimda qolib ketdi. Bu orada butun Isroil xalqi Egamizga talpindi. Shomuil jamiki Isroil xalqiga dedi: — Agar chin dildan Egamizga qaytmoqchi boʻlsangiz, hamma begona xudolarni va Ashtaret tasvirlarini orangizdan yoʻqoting. Koʻnglingizni Egamizga berib, yolgʻiz Unga xizmat qiling. Ana shunda Egamiz sizlarni Filistlarning qoʻlidan qutqaradi. Isroil xalqi Baal va Ashtaret tasvirlarini yoʻq qilib, faqat Egamizga xizmat qila boshlashdi. Oʻshanda Shomuil: — Butun Isroil xalqi Mispaxda toʻplansin, men u yerda Isroil xalqi uchun Egamizga iltijo qilaman, — dedi. Mispaxda toʻplangan Isroil xalqi quduqdan suv tortib, Egamizga nazr qilib toʻkishdi. “Egamiz oldida gunoh qildik”, deb oʻsha kuni roʻza tutishdi. Shomuil Mispaxda Isroil xalqiga hakamlik qila boshladi. Filistlar Isroil xalqining Mispaxda toʻplanganini eshitib qolishdi. Filist beklari, Isroil xalqi bilan urishamiz, deb otlanishdi. Isroil xalqi buni eshitib, Filistlardan qoʻrqib ketishdi. Ular Shomuilga: — Biz uchun Egamiz Xudoga tinimsiz iltijo qiling, toki U bizni Filistlarning qoʻlidan qutqarsin, — deyishdi. Shu boisdan Shomuil bitta emadigan qoʻzichoq olib, Egamizga kuydiriladigan qurbonlik qildi. Soʻng Isroil xalqi uchun Egamizga nolayu faryod bilan iltijo qildi. Egamiz uning iltijosini eshitdi. Shomuil kuydiriladigan qurbonlikni ado etayotgan edi, Filistlar Isroil lashkariga hujum qilmoqchi boʻlib yaqin keldilar. Ammo oʻsha zahoti Egamiz vahimali ovoz chiqarib, Filistlarni shunday sarosimaga soldiki, oqibatda ular Isroil lashkariga magʻlub boʻldi. Isroil lashkari Mispaxdan chiqib, Filistlarni Bayt–Kor degan yerning etagigacha quvib borib oʻldirdilar. Shomuil bir toshni olib, Mispax bilan Yashono orasiga oʻrnatdi. “Egamiz bizga yoʻl boʻyi yordam berdi”, deya toshga Evanzor deb nom berdi. Magʻlub boʻlgan Filistlar Isroil hududiga qaytib hujum qilishmadi. Shomuil hayotligida Isroil xalqi Filistlarga hujum qilganda, Egamiz madad berib turdi. Exrondan Gatga qadar Filistlar qoʻlga kiritgan shaharlarning hammasini Isroil xalqi yana qaytarib oldi. Shunday qilib, Isroil xalqining hamma yerlari Filistlardan ozod boʻldi. Isroil xalqi bilan Amor xalqlari orasida sulh tuzildi. Shomuil umr boʻyi Isroilga hakamlik qildi.
https://www.youtube.com/watch?v=hUb2o82PHIo #mudofaa #mudofaavazirligi #armiya #armiyauzbekistan #askar #harbiy
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев