ular menga Qur’on tilovat qilishni
va zam-zam suvidan to’yib-to’yib
ichishimni nasihat berishdi, ayni
chog’da usha ulug’ ulamolar
menga ko’proq Allohni zikr
qilishni hamda payg’ambar
(sollallohu 'alayhi vasallam)ga
cheksiz salovatlar aytishimni
tayinladilar. Men Baytullohda ichki
bir ruhiy hotirjamlik va
osoyishtalikni his etdim,
mehmonhonaga bormay Ka’bada
qolishga erimdan ruxsat
so’radim, Baytul-Haramda misrlik,
turkiyalik bir qancha savobtalab
ayollar menga hamsuhbat
bo’lishdi, tinimsiz
yig’layotganimni ko’rib sababini
so’rashdi, bu muqaddas
makonga kelib, Alloh taologa
mehr-muhabbatim haddan ziyod
ortganini bildirib, og’ir bir
dardga yo’liqqanimni so’zlab
berdim, ular menga hamdardlik
bildirib, yonimdan ajramay
qolishdi, Baytullohda
e’tikofda o’tirganimni bilgach
esa, ular ham o’z erlaridan ijozat
olib mening yonimga
joylashishdi, biz tunlari deyarli
uxlamasdik, juda kam ovqat
yerdik, lekin zam-zam suvidan
to’yib-to’yib ichardik, chunki
Payg’ambar alayhissalomning
“Zam-zam suvidek ichimlik yo’q,
kimki uni shifo talabida ichsa,
Alloh unga shifo beradi, u
kasalga shifo, tashnaga
chanqoqbosdi, ochga taomdir”
degan so’zlarini bilar edik.
Tinimsiz ibodat qilamiz, ikki
rakaatdan namoz o’qiymiz-da
zam-zam suvidan to’yib ichib
yana tavof qilishga tushamiz,
Baytullohga kelgan kunlarim
ozg’in edim, badanimning yuqori
qismini saratonning asorati
bo’lmish kichik-kichik yumaloq
donachalar va yaralar bosgan edi,
dugonalarim menga jarohatlarni
zam-zam suvi bilan yuvishni
maslahat berishdi, men esa
yaralarimga tegib yana kasalim
xotirga keladi, Alloh zikridan
chalg’ib qolaman deya qo’rqar
edim, shu sabab u joylarga suv
tekkizmay, ehtiyotkorlik bilan
yuvinib turishni lozim topdim,
beshinchi kuni hamrohlarim
qistashdi, rozi bo’lmadim, ammo
qandaydir bir
g’aybiy kuch qo’limga zam-zam
suvidan olib, badanimga
surtishga meni majburlagandek
tuyular edi. Bu hol bir necha bor
takrorlangach, beehtiyor
ko’kragimni zam-zam suvi bilan
yuva boshladim, shunda
favqulodda hodisa mo’jiza sodir
bo’ldi, tanamdagi bor yaralar bir-
bir to’kilib ketdi, vujudimda
birdan na og’riq, na qon va na
yiringdan asar qoldi, hayronlik
ichida gangib badanimni
paypasladim, badanim soppa-
sog’ edi, seskanib ketdim, darhol
Allohning qudratini zikr etdim va
hamd aytdim, yangi topgan
dugonalarimning biridan usha
yaralarimning o’rnini tekshirib
ko’rishini so’radim, badanimning
soppa-so’g, top-tozaligini ko’rib
hammalari qichqirib yuborishdi:
“Allohu Akbar! Allohu Akbar!” Bu
quvonchli habarni erimga
yetkazish uchun tez
mehmonxonaga jo’nadim,
Allohning mehirbonligini qarang
deb sog’lom tanamni ko’rsatdim,
hayratdan yoqa ushlab qolishdi,
bo’lib o’tgan voqealarni qayta
so’ylab berganimda ishongisi
kelmas edi, o’zini tuta olmay
sevinchdan yig’lab yubordi va
baland ovoz bilan do’xtirlar seni
uch haftadan keyin o’ladi deb
bashorat qilganlarini bilasanmi
deb hitob qildi, shunda men
ajalim faqat Allohning qo’lida,
g’aybni faqat Alloh bilguvchidir
dedim, biz Baytullohda yana ikki
hafta turdik, so’ngra Madinai
Munavvaraga borib, payg’ambar
alayhissalom masjidlarini ziyorat
qildik-da Fransiyaga qaytdik.
Fransiyada do’xtirlar mening
sog’ayganimni ko’rib sarosimaga
tushishdi, eslarini yo’qotishlariga
sag’al qoldi, chamamda ular
mendan siz falonchimisiz deb
so’rashdi, men ko’ksimda faxr va
qat’iyat ila Ha men falonchiman
erim falonchi deb javob berdim,
darhaqiqat men tavba qildim,
Yaratganga qaytdim, faqat
Allohdangina qo’rqadigan, faqat
undangina najot kutadigan
bo’ldim, zero taqdirimizni u
belgilaydi, hukm ham Unikidir.
O’sha nomdor do’xtirlar “Bu
holatingiz o’ta g’aroyibdir, qayta
tekshirib, rentgen qilib ko’rish
kerak deyishdi, tekshirishdi ham,
ammo kasallikdan biror asar ham
topishmadi, ilgari nafas olishda
qiynalar edim, Baytul-Haramda
Allohdan shifo so’raganimdan
keyin bu dardimga ham davo
topdim, shundan keyin
Payg’ambar alayhissalomning
siyratlari hamda sahobai-
ikromlarning tarixlari bitilgan
kitoblarni o’qidim, o’rgandim,
ko’p mutaasir bo’lib uzoq
yig’ladim, Alloh taolo va uning
rasulini sevmasdan o’tkazgan
umrimga ko’p afsus nadomatlar
qilib tinimsiz yig’layverdim, men
Alloh taoloning ne’matlariga
shukrona aytaman va
gunohlarimni kechirib,
tavbalarimni qabul etishidan
umidvorman”.
Azizim shu o’rinda bir ojizaning
g’aroyib va g’oyatda ibratli
hikoyasi yakun topadi, undan
nasihatlanish va zaruriy xulosa
chiqarish o’zimizga havola.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5