G’arblik bir ayol
mutlaqo tuzalmas, daxshatli bir
kasallikka chalindi, tabiblar rak-
saraton deb atalmish bu dard
davosiga ojiz edilar, bechora
ayolning yashashga ishonchi
qolmadi, biroq shunday bir
holatda Allohning marhamati ila
bu ojiza shifo topdi, Baytul-
Haramda Yaratganga cheksiz
iltijolar qildi, chin ixlos bilan
dardiga shifo tiladi, ayolning
murodi hosil bo’ldi, zotan
yagona Alloh taologina har
narsaga qodir Zotdir! Azizlar,
kelinglar, yaxshisi voqealar
tafsilotini o’sha ojizaning
o’zidan eshitaylik! Men to’qqiz
yildan beri juda xatarli
marazdan azob chekar edim, bu
maraz saraton-rak bo’lib, uning
naqadar daxshatli va hatto
nomining o’ziyoq etlarni
junjiktiruvchi ekanini har kim
yaxshi biladi, to’g’risi u paytlar
g’ofil edim, go’zallik, kuch-
quvvat va salomatlik umr bo’yi
birdek davom etadiganday
yurar edim. Saratondek
tuzalmas bir dardga
chalinishimi hayolimga ham
keltirmaganman. Bu dardga
uchraganimdan so’ng butun
a’zoi badanim, butun vujudim
larzaga tushdi, faqat undan
qutulish yo’llarini o’ylaydigan
bo’lib qoldim, ammo qanday
qilib?! Shu jumboq meni
gangitar edi. Tursam ham,
o’tirsam ham fikr-u o’yimda shu
bo’lib qoldi, hatto o’z jonimga
suiqasd qilishni ham
hayolimdan o’tkaza
boshladim.Biroq erimni va
farzandlarimni yaxshi
ko’rganimdan bu ishga qo’lim
bormasdi, g’ofillifim tufayli
masalaning Allohga taalluqli
jihatini, ya’ni o’zini o’zi o’ldirish
gunoh ekanini, buning uchun
Alloh qiyomat kuni qattiq jazo
berishini o’ylab ham
ko’rmasdim. Yaratganga beadad
shukurlar bo’lsin-ki, U Mehribon
va Rahmli Zot, meni usha
kasalligim tufayli hidoyatga
boshladi, va mening avvalgi
hamda keyingi holatimni
ko’rgan juda ko’p kishilar ham
hidoyat topishdi.Davo izlab erim
bilan Belgiyaga bordik, ko’p
do'xtirlarga uchradik, ular
ko’kragimni kesib tashlash
lozimligini aytishdi, soch, kiprik
va qoshlarimni to’kib
yuboradigan, tirnoq va
tishlarimga zarar yetkazadigan
o’ta kuchli dorilarni taklif
qilishdi, bunday dorilardan bosh
tortdim, ko’kragim, sochim va
Alloh taolo ato etgan boshqa
a’zolardan ajrab yashagandan
butun holimcha o’lishni afzal
ko’rdim, ammo shuncha joydan
kelib quruq qaytmay deb,
birorta yengilroq dori yozib
berishlarini so’radim, uyga
qaytib ular yozib dori-
darmonlarni iste’mol qila
boshladim, lekin ta’siri mutlaqo
sezilmadi, o’zimcha bu holatdan
hursand ham bo’ldim, ehtimol
do'xtirlar adashgandir, men bu
kasallikka chalinmagandirman
digan umidli hayollarga ham
bordim, ammo bahtga qarshi
kasallik huruji to’htamas edi.
Oradan yetti oylar o’tgach
tobora ozayotganimni, og’riq
kuchaya boshlaganini va rangi
ro’yim o’zgara borayotganini
sezdim, do'xtirlar yana
Belgiyaga borishimni tavsiya
qilishdi, erim bilan yana yo’lga
chiqdim, kasallik kuchayib,
zaxmi butun badanimga
tarqalayotganini, hatto
o’pkamda ham saraton
asoratlari paydo bo’lganini
eshitib chuqur qayg’uga
bordim. Do'xtirlar mening
Belgiyada o’lib qolishimdan
havotirlanib, tezroq uyga
ketishim lozimligini aytishibdi,
shu zahotiyoq shifo niyatida
Fransiyaga o’tib ketdik, ammo u
yerda ham dardning davosini
topa olmay, sarson- sargardon
bo’ldik, ohiri men o’zimni
jarrohlarning qo’liga
topshirishga, ya’ni ko’kragimni
kesib tashlashlariga rozi bo’la
yozdim. Shunday kunlarning
birida erim biz unutgan va
hayotimiz mobaynida g’ofil
bo’lganimiz ulug’ Yaratuvchini
kutilmaganda eslab qoldi,
darhaqiqat Alloh taolo
muqaddas Baytullohni ziyorat
qilish, u yerda yolg’iz O’zigagina
yuzlanib barcha musibatlardan
halos etishini iltijo qilib
so’rashni erimning diliga slogan
edi. Biz bu ishni bajarishga
qaror qildik, vujudimni
qandaydir hushnudlik chulg’ab
olgan edi. Hushkayfiyatimga
Allohning muqaddas dargohini
ziyorat qilishga borayotganim
sabab bo’lgan ersa ajab emas,
ho’yajinim bilan Parijdan
Qur’oni Karim harid qildik.
Takbir va tasbih aytib to’g’ri
Makkayu Mukarrama ziyoratiga
jo’nadik, Baytul-Haramga yetib
kelgach ichkari kirib Ka’bani
ko’rdim-u o’zimni tutolmay
yig’lab yubordim, Alloh farz
qilgan ibodatlarni, namoz,
ro’zalarni, hushu, tazarru kabi
amallarni bajarmay o’tkazgan
umrimga achinib, ko’p afsus
nadomat chekdim. So’ng
Allohga iltijo qilib, Ey, Pok
Parvardigoro, qarshimda barcha
umid eshiklari yopildi, faqat
sening eshiging ochiqdir, eng
so’nggi ilinj va umid tayanchi
bo’lmish eshiklaringni mening
yuzimga yopib qo’yma, o’zing
rahm qil, do’xtirlar meni
davolashdan ojiz qoldilar, endi
shifo Sendan va faqat Sendandir
dedim. Baytullohni tavof qildim,
noumid qilmasligini va
yordamsiz qo’ymasligini hamda
hamma do’xtirlarni lol qoldirib
menga shifo berishini yalinib-
yolvorib chin ko’ngildan
so’radim, Ha, Darhaqiqat men
g’aflatda ekanman, Allohning
eng to’g’ri va haq dinidan
behabar, bebahra yurgan
ekanman, bir kuni makkalik
ulamolar va shayxlar oldiga
borib,
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3