do’stlar.
Ming haqqini yutib qo’ydi
musulmonlar,
Qorinlari ko’proq to’ydi
musulmonlar,
Riyokorlik to’nin kiydi
musulmonlar,
Itoatdan asar ham qolmadi
do’stlar.
Tirik murda to’ldi, ammo tobut
yo’qdir,
Gunoxlardan asraguvchi sovut
yo’qdir,
Avom tugul peshvolarni subut
yo’qdir,
Sadoqatdan asar ham qolmadi
do’stlar.
Tilda bolu, qilgan ishi g’irt
zaxardir.
Munofiqlik bir emas ming kech
sahardir,
Kim ko’p yolg’on desa, o’sha
savdogardir.
Tijoratdan asar ham qolmadi
do’stlar.
Bir birlarin g’ajib yetmish
hatoyideb,
Nom olmishlar bulbul honish
sadoyi deb,
Tajvidlarin to’g’irlarlar xudoyi
deb,
Tilovatdan asar ham qolmadi
do’stlar.
Hammasiga ko’niking siz,
qonlaryutmang.
Foyda yo'qdir rivoyat deb
kitobtitmang,
Namozxonin qizlaridan hayo
kutmang,
Hijolatdan asar ham qolmadi
do'stlar.
Lafz izlamang bir taloq ming
taloq bo'ldi,
Topgan-tutgan fatvolari gunoh
bo'ldi,
Tamaki-yu, nos tupurish
mubohbo'ldi,
Karohatdan asar ham qolmadi
do'stlar.
Allohni bir degan inson qilsa riyo,
Oyat-hadis turushinda bo'lsa
ro'yo,
Saharlarda bulbul zikr qilar
ammo,
Tarovatdan asar ham qolmadi
do'stlar.
Jamoatlar firqalarga bo’lindilar,
Dum patlari ko’k tovuqdek
yulindilar,
Vujudla bir qalban qatl qilindilar,
Muhabbatdan asar ham
qolmadido’stlar.
Bu ummatning faqiri gar bir lof
ursa,
Tog’lar qular bu kibrga qarshi
tursa,
Fir’avnni hayron aylar qasr qursa,
Sahovatdan asar ham qolmadi
do’stlar.
Hech biri "ne bo’lar” demas
qiyomatda,
Hiyonatlar ho’p ko’paymish
omonatda,
Pora halol hisoblangan bu
ummatda,
Diyonatdan asar ham qolmadi
do’stlar.
Er deganlar ertayu-kech uyda
uxlar,
Ayolidan na hijolat, na qalb tig’lar,
Qiz juvonin axvoliga maymun
yig’lar,
Balog’atdan asar ham qolmadi
do’stlar.
Qulab kulga aylandi-ku hiyvalari,
Chorvasida qo’ydan kichik
tevalari,
Don eksalar dondan kichik
mevalari,
Barokatdan asar ham qolmadi
do’stlar.
Birontasi kechar bilmas molu
jondan,
Alloh uchun boshqarmas
xonadondan,
Munofiqni ajratolmam
musulmondan,
Farosatdan asar ham qolmadi
do’stlar.
Bir tarafni aylaydilar karvon
bozor,
Bir tomonda masjid bo’lar qadim
mozor,
Pirga qo’lin berarlaru, Xudo
bezor,
Murruvatdan asar ham qolmadi
do’stlar.
Mo’min bo’lib maqsadlari kayf
bo’ldi,
Saxobalar siyratlari xayf bo’ldi,
Olimlarga bu diyorlar toif bo’ldi,
Muhammaddan asar ham
qolmadi do’stlar.
Gapirsalar shariatdan kulgim
kelar,
Ming turlanish yuzlarini yulgim
kelar,
Kas jonlarin olar qotil bilgim
kelar,
Dalolatdan asar ham qolmadi
do’stlar.
Birisida botirlik bor, farosat yoq,
Birisida qo’rqoqlik bor, jasorat
yoq.
Muhammadiy ummatiga ko’p
qilmang do’q.
Shijoatdan asar ham qolmadi
do’stlar.
Gapirdik ko’p amallardan ketdi
hayot,
Uzoqlarga qochib ketmish bizdan
najot.
Qiyomatda yig’lab turar bo’lsak
hayxot.
Shafoatdan asar ham qolmadi
do’stlar.
Do’stimizni qatl etdilar,
sharxlolmadik,
Mo’minlikning qiymatini
narxlolmadik,
Xarom birla halol ko’rsak,
farqlolmadik,
Nadomatdan asar ham qolmadi
do’stlar.
Ming yaxshidan afzal o’tmish
yomonlarim,
Xov, qaylarga qochdingiz o’ng
tomonlarim,
Kitoblarga jilo bo’lgan
zamonlarim,
Hilofatdan asar ham qolmadi
do’stlar.
Qayga boqmang g’anim o’tliq,
yov g’olibdir,
Mo’min degan to’rt tarafga
ho’pnolibdi
Hamma birdek gumroxlikni tan
olibdir.
Xikoyatdan asar ham qolmadi
do’stlar.
Ey g’or nafsim hotirjamsan,
tinmay uxla.
O’tmish o’tdi, sen moziyni shiftga
mixla.
Ali Usmon davirlarin eslab yig’la,
Matonatdan asar ham qolmadi
do’stlar.
Savdo demish qutlug’ yo’lda
berarlar jon,
Lek bomdodga ochilmas ko’z,
topib imkon.
Topib bering Alloh deyar bitta
inson.
Layoqatdan asar ham qolmadi
do’stlar.
Yoddan ketmish bu dunyoning
xisoboti,
Xaddan ziyod moddiy bo’ldi
inson zoti,
Yigirma birinchi asr kashfiyoti,
Rivoyatdan asar ham qolmadi
do’stlar.
Manga alam Chingizlarni
so’ljaytirgan,
Botularning o’ng yo’lini
so’lg’aytirgan,
Termiziyni, Buxoriyni
ulg’aytirgan,
Saltanatdan asar ham qolmadi
do’stlar.
Dinim deya, yanoqlari namlar
qani?
Odamlarni uxlatmagan g’amlar
qani?
Har qishlog’i olim bergan
damlarqani?
Ul shavkatdan asar ham qolmadi
do’stlar.
Xofizlardan tanga yiqqn shoirlar
ko’p,
Pishmay turib suvin siqan
shoirlar ko’p,
To’rt qatorni she’r deb chiqqan
shoirlar ko’p,
She’riyatdan asar ham qolmadi
do’stlar.
Arab sori safar qilmang, ming
yuviqsiz,
Din nomidan nom topurlar
haloyiqsiz,
Mazxabiga yurmasangiz
munofiqsiz,
Risolatdan asar ham qolmadi
do’stlar.
Bashar o’g’li muammoga ho’p
yo’liqmish,
Bunda nafsi ulush qilgan
dardniyig’mish,
Lek har tizim manfaatdan kelib
chiqmish
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1