Hammaga salom. Shu bilan salom-alik tamom. Endi ishdan gapiramiz. Xullas, bizning "Karam-kanal" jamoamiz o'zbeklar uchun mutlaqo bepul biznes g'oyalarni o'zbek tilida yoritib borishga qaror qildik. Chunki, bugungi kunda internetda o'zbekcha maqolalar ko'p. Lekin, aniq biznes turlari va uni boshlash uchun nimalar qilish kerakligini yozadigan maqolalar yo'q. Shuning uchun biz shu yo'nalishda ish boshladik. Agar bizning qarorimizni qo'llab-quvvatlasangiz va Siz ham biz kabi ona vatanimizni sevsangiz, bizga yordam bering. Buning uchun reklama roligini to'liq tomosha qiling, reklama qilinayotgan mahsulotni sotib olmasangiz ham ularning saytiga kirib ko'ring, kanalimizga obuna bo'ling, "menga yoqdi" tugmasini bosing va albatta ushbu videoni do'stlaringiz bilan baham ko'ring. Reklamadan tushgan barcha mablag'larni ona diyorimizda suv taqchilligini bartaraf qilishga yordam beradigan, O'rta Osiyodda hali hech kim boshlamagan innovatsiyali bir loyihaga sarflaymiz. Bu haqda keyinroq tafsilotlarini havola etamiz. Oz-oz o'rganib dono bo'lur qatra-qatra yig'ilib daryo bo'lur.