“Protivogaz kiydirib uribdi, bo‘g‘ishgan, barmoq izlari bor, itni ham bu darajada qiynoqqa solmaydi” — Bo‘kadagi IIB binosida o‘ldirilgan marhum haqida.
“Inson bolasi ham shunaqa uradimi? Ularga bu huquqni kim beryapti? Qo‘llarini kesib tashlagan. Bo‘ynidan bo‘g‘ishgan, qo‘llarining izi bor. ‘Pochka’larini yirtib tashlagan. Ikki jiyanimga ham sellofan kiydirib, urgan ekan. Jiyanimni o‘ldirganlar 10-15 yil o‘tirib, qaytib chiqadi. Lekin mening jiyanim endi qaytmaydi. ”, — deydi marhumning ammasi