Keyingi videoda QAYSI SPORTCHINI AVTO BIOGRAFIYASINI CHIQARISHIMIZNI XOXLAYSIZ COMENTDA YOZIB QOLDIRING
.....
Eldor Azamat oʻgʻli Shomurodov (1995-yil 29-iyunda Termiz shahri yaqinidagi Jarqoʻrgʻon shaharchasida tugʻilgan) — oʻzbek futbolchisi, hujumchi, Italiyaning „Roma“ klubi[1] va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi.
. Otasi Azamat Shomurodov Oʻzbekiston chempionatining quyi ligalari jamoalarida oʻynagan, uning 1991-yilda tugʻilgan akasi Sanjar ham futbol oʻynagan. Eldor Shomurodovning amakisi Ilhom Shomurodov hozirda Bunyodkorda futbol oʻynaydi.
Shomurodov 6 yoshida futbol bilan shugʻullanishni boshladi. 11 yoshida Termizdan 300 km shimolda joylashgan Muborak shahrida „Mash’al“ futbol klubi akademiyasida oʻqishni boshladi. 19 yoshida 2014-yilda asosiy tarkibga jalb etila boshlandi va oʻsha mavsumda oʻnta uchrashuv oʻtkazdi va „Mashal“ Oʻzbekiston chempionatida beshinchi oʻrinni egalladi. Bungacha yoshlar jamoasida oʻynagan, shuningdek, Oʻzbekiston yoshlar jamoasiga jalb qilingan.
2015-yil boshida Eldor Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasiga koʻchib oʻtgan va u yerda 2017-yil iyun oyigacha oʻynagan. Hammasi boʻlib Shomurodov 96 ta oʻyin oʻtkazdi, 20 ta gol urdi (Oʻzbekiston Oliy Ligasi, Oʻzbekiston Kubogi va OChLda). „Bunyodkor“ bilan birgalikda Shomurodov Oʻzbekiston kubogi finalchisiga aylandi, shuningdek, Oʻzbekiston chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritdi.
2015 yil oxirida Shomurodov OFKning „Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi“ unvoniga nomzodlar qatoridan joy oldi, ammo yakunda Shomurodov bilan tengdosh hamyurtimiz Dostonbek Hamdamov gʻolib boʻldi.
2017 yil iyul oyida Shomurodov Rossiyaning „Rostov“ klubiga koʻchib oʻtdi va jamoa bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi. Shomurodov Rossiya chempionatidagi debyutini 2017-yil 30-iyulda uchinchi turda „Amkar“ ga qarshi safar oʻyinida amalga oshirdi — 88-daqiqada zaxira oʻyinchisi sifatida maydonga tushdi. Oʻyin natijasi 1:0 hisobi bilan yakunlandi.
2019-yil may oyi oxirida Rostov jamoasi Shomurodov bilan shartnomani uch yilga uzaytirdi, 7-iyun kuni esa shartnoma besh yilga uzaytirildi.
2019-yil avgust oyida Shomurodov Rossiya Premyer ligasining oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2019/20 yilgi mavsumda Eldor Rossiya chempionatining 28 uchrashuvida 11 ta gol urdi.
2020-yil 1-oktyabrda Shomurodov Italiyaning „ Jenoa“ klubiga oʻtdi.[2] Shomurodov Italiya chempionatida Ilyos Zeytullaevdan keyin tarixdagi ikkinchi oʻzbek futbolchisi boʻldi. 19-oktabr kuni Shomurodov A Seriyada debyut qildi va „Verona“ ga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. [3] 30 noyabr kuni A Seriyaning „Parma“ ga qarshi oʻyinining ikkinchi yarmida Eldor „Jenoa“ tarkibidagi ilk golini urdi. [4][5]
Eldor 2021-yil 3-avgustda Roma bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Shartnoma 2026-yilning 30-iyunigacha amal qilishi belgilab qoʻyildi.[6] 19-avgustda Eldor UEFA Konferentsiyalar Ligasi doirasida "Trabzonspor" ga qarshi o'yinda (1:2) debyutini o'tkazdi va bu o'yinda "Roma" uchun birinchi va gʻalaba golini kiritdi.[7]
Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Eldor Shomurodov Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida bir nechta uchrashuvlarni oʻtkazdi. 2016 yilgacha Eldor Oʻzbekiston yoshlar jamoasida oʻynagan. 2015 yildan boshlab Shomurodov Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga jalb etila boshladi. Shomurodov milliy terma jamoadagi debyut uchrashuvini 2015 yil 3 sentyabr kuni Jahon chempionati-2018 saralash turniri doirasidagi Yaman terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Keyinchalik, Shomurodov doimiy tarzda terma jamoaga jalb qilina boshlandi va Oʻzbekiston terma jamoasining asosiy oʻyinchilaridan biriga aylandi.
2018-yil dekabr oyida Shomurodov Osiyo Kubogi-2019 uchun arizaga kiritildi. 9 yanvar kuni Ummonga qarshi guruh bosqichining birinchi oʻyinida, oʻyinning 86-daqiqasida gol urib, uchrashuvda gʻalaba toʻpini kiritdi (2:1). 13 yanvar kuni Turkmanistonga qarshi guruh bosqichining ikkinchi oʻyinida Oʻzbekiston — Turkmaniston oʻyinining 24 va 42-daqiqalarida...