O'lim haqida nogahon gapirsa tillar,
Qo'rquvdan titraydi bu gumroh dillar.
So'ramasdan o'tmoqda qanchalab yillar,
O'lim xayol emas,erur haqiqat.
...........
Har bir tirik jonzotning bir kun kelib vafot etishi, bu shaksiz, u yuzlashishi muqarrar bo‘lgan haqiqatdir. O‘lim jamiki inson zoti o‘zini bilmaslikka oladigan va unutishga harakat qiladigan haqiqatlarning eng kattasidir.
Alloh taolo Qur'oni karimning
Oli Imron surasi 185-oyatida:
«Har bir jon o‘limni totguvchidir»,
deya marhamat qiladi.
Darhaqiqat, bu dunyoda o‘lmaydigan jonning o‘zi yo‘q. Shoh ham, gado ham, payg‘ambar ham, ummat ham foniy dunyoni bir kun tark etadi.
Shu bois har bir banda dunyoda abadiy yashaydigandek emas, balki boshiga bir kun o‘lim kelishini, o‘lim sharbatini, albatta, tatishini hisobga olib umr kechirishi kerak.
Olijanob fazilatlarni egallab, xayrli amallarga esh bo‘lib, yaxshilik ulashib yashash u dunyoda ham, bu dunyoda ham kishiga saodat, mag‘firat keltiradi.
Xulosani sizga qoldiraman! ♻️
.