Tasavvuf ustozlaridan bo’lgan Fuzayl ibn Iyoz hazratlari milodiy 726 yilda Samarqandda Al-Yurt kasabasining Kavrid qishlog’ida tavallud topgan. Bog’dodda o’sib voyaga yetgach Kufa shahriga borib ilm olgan, umrlarining oxirida Makkaga borib joylashib va milodiy 803 yil u muborak zaminda omonatni toshirgan. Ibratli umr kechirgan bu zot hayotining avvali jaholatda o’tgan, keyin esa tavba qilib mo’minlar safidan joy olgan, riyozatu, jiddu jahd ila komil inson darajasiga yetgan.