Ronaldogacha: ECHL da
sobiq jamoasiga gol
urgan yulduzlar
Zlatan Ibragimovich
(“Milan” safida “Barselona”
va “Ayaks”ga)
Sobiq jamoasiga gol urish
bo’yicha aynan Ibrada boy tarix
bor. Shunday bo’lsa ham,
Zlatanga sobiq klubi
darvozasini ECHL da ishg’ol
qilish uchun ko’plab bahslar
talab etildi. 2010/2011
yillardagi mavsumda u “Ayaks”
darvozasiga yo’l topib, (1:1)
uchrashuvga nuqta qo’ydi.
Keyingi mavsumda esa,
italiyaliklar naqd 4 marotaba
“Barsa” bilan to’qnash keldilar,
lekin birorta ham g’alabaga
erisha olmadilar. Ammo, Zlatan
esa, “Barsa” darvozasini ishg'ol
qilib, o’z hisobiga gol yozdirib
qo’ydi.
Zayniddin Zidan (“Real”
safida “Yuventus”ga)
So’z boshida: Agarda “Real” va
“Yuventus” yana bir bora ECHL
bahslarida uchrashsalar,
Morata sobiq jamoadoshlarini
hech ham ayab o’tirmaydi.
2002/2003 da Zidan “keksa
sinyora” posbonini dog’da
qoldirishga erishgan. Holbuki,
Zidan 5 yil davomida turinliklar
sharafini himoya qilgan.
Ta’kidlab o’tish lozimki,
Zidanning goli uchrashuv
taqdiriga hech ta’sir
o’tkazmadi. Finalga “Yuventus”
yo’l oldi.
David Luiz (“PSJ” safida
“Chelsi”ga)
Nafaqat hujumchilar sobiq
klublarini jazolashni
ardoqlashadi, balki
himoyachilar ham bundan
mustasno emaslar. Misol uchun
Jerom Boateng “Manchester
Siti” darvozasiga gol urib,
g’alaba sababchisi bo’lgan edi.
Ammo, David Luiz esa,
“Chelsi”ga nafaqat gol urdi,
balki ularni ECHL
musobaqasidan chiqarib
yubordi. Luizni haqiqiy
qasoskor deb atasak bo’ladi.
Axir uni klubdan aynan
Morinoning o’zi ketkazgan.
Biroz o’tib esa, aynan sobiq
shogirdidan alamli va
qahshatqich zarba qabul qilib
olgan.
Alvaro Morata (“Yuventus”
safida “Real”ga)
Qurol bilan sevimli jamoasini
gumdon qilgan yana bir forvard
bu Alvaro Moratadir. U Turinda
o’ziga xos amaliyotga ega
bo’lish uchun yuborilgan edi.
Tez orada ikki klub o’zaro
uchrashdilar va o’sha
uchrashuvda Morataning goli
“qirollik klubi”ni ECHL dan
quv’gin qildi va turinliklarni
finalga olib chiqdi.
Krishtiano Ronaldo (“Real”
safida “Manchester
Yunayted” va “Sporting”ga)
5 yil o’tib, Ronaldodan hattoki
uning eng buyuk
murabbiylaridan biri Sir Aleks
ham ziyon ko’rdi.
“Bernabeu”dagi 1/8 finalning
ilk o’yinida u Uelbek goliga
javob qaytarib, (1:1)
uchrashuvga nuqta qo’yuvchi
to’pni kiritgan edi. Ta’kidlab
o’tish lozim, Ronaldo sobiq
klubiga qarshi o’tkazilgan har
to’rt uchravda gol kiritishga
muvaffaq bo’lgan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев