2007 yilning eng
yorqin iqtidorlari
2007 yilning noyabr oyida
World Soccer jurnali
ko’pdan-ko’p istiqboli
porloq futbolchilarini e’lon
qilgan edi. Biz hozirda
ushbu o’smirlardan eng
yorqinlariga ta’rif berib,
manbaa qanchalik haq yoki
nohaq ekanligini izohlab
o’tamiz.
Boyan Krkich
Futbolchining iqtidori uning
o’smirlar orasidagi xalqaro
turnirlardayoq ko’zga
tashlangan edi. Krkich –
Messining davomchisi va
hattoki ko’p sonli muxlislarga
Boyan va Messilar kelasi 10 yil
ichida “Oltin To’p”ni bo’lishib
turishadi, kabi tahminlarni ham
ilgari surishgan edi. Boyan
Guardiola o’yin uslubiga tezda
ko’nikib ketdi va 4 yil davomida
kataloniyaliklar safida 100
tadan ko’proq gol kiritishga
erishdi. Ammo, keyinchalik
Boyanda ulkan progress
kuzatilmadi. “Roma”, “Milan”
va “Ayaks” kabi klublarda ijara
asosida to’p surgach, Krkich
“Barsa”ga qaytdi. So’ng esa,
to’liq shartnoma asosida “Stok
Siti”ga sotib yuborildi. Krkich
uch mavsumda buyon ushbu
kamtarin jamoada to’p surib
kelmoqda. Hozirda uning
jamoasi jadvalning tubida qolib
ketgan.
Aleshandro Pato
9 yil ilgari Pato haqiqatan ham
superiqtidorli futbolchi sifatida
tan olingandi. U “Milan”da
yetarli gollar kiritdi, lekin
oldinga siljish Pato uchun
begona bo’ldi. Bunga asosiy
sababchilardan biri – forvardni
holi qo’ymagan davomiy
jarohatlardir. Keyingi bir
qancha yil Pato Braziliyada to’p
surdi va yana Yevropada
hukmronlik o’rnatishga qaror
qildi. To’g’ri, “Chelsi”da
o’tkazilgan yarim mavsum
samarali bo’lmadi, biroq hozir
mergan o’z darajasiga mos
Ispaniyaning “Villyarreal”
jamoasida to’p surmoqda.
Anderson
Bu yerda ta’rifga ham hojat
yo’q. Kim “qizil iblislar” o’yinini
muntazam kuzatgan bo’lsa
ma’lumki, Anderson
jamoadoshlari orasida ajralib
turgan. U Ferguson siyosatiga
30 million yevro evaziga
transfer qilinganidan so’ng,
mankunianliklar undan tez
orada jahonning super yulduzi
yetishib chiqishiga ishonishgan
edi. Shunday bo’lsa ham, u
mustahkam futbolchi bo’la
olmagan va jarohat ham uning
yo’liga to’g’anoq bo’lgan. So’ng
Anderson qo’lini siltadi va
klublarga borib, u yerda
ortiqcha vazn orttirdi. Va bu o’z
navbatida unga APL ning yuqori
tempiga dosh bera olmasligiga
olib keldi. 2014 yilda u
“Fiorentina”ga ijara asosida
berib yuborildi. Italiyada
faoliyatini gullata olmagan
futbolchi 2015 yilda
“Internatsional” jamoasiga
erkin agent sifatida qo’shildi.
Kun Aguero
Bu yerda 100% lik nishon. 9-10
yil ilgari “Atletiko”ga kelgan
forvard ilk lahzalarida o’zini
deyarli ko’rsatmadi. Ammo,
2007/2008 yilgi mavsumdan
ishlar birdaniga rivoj oldi va
2011 yilgacha Aguero hisobiga
101 gol yozdirib qo’yishga
moyil bo’la oldi. “Manchester
Siti”ga ko’chish esa, futbolchini
zamonamizning eng iqtidorli va
samarador yulduzlaridan biriga
aylantirdi. Gap shundaki, uning
birgina erishmagan yutug’i – u
haligacha ECHL tojini qo’lga
kirita olmadi. Ammo,
ishonchimiz komilki, Xosep
Guardiola hozirda ushbu
masala ustida bosh
qotirmoqda.
Garet Beyl
Hech kimga sir emaski, Beyl
oddiygina qanot
himoyachisidan “Oltin To’p”ga
asosiy da’vogarlardan biriga
aylanib ulgurdi. Joriy yozgacha
uning transferi jahonda rekord
qiymatni tashkil etgan edi. Endi
esa, Pogba uning o’rnini
egalladi. Ammo, aynan shu
transfer amalga oshayotgan
pallada Garet o’zining kamtarin
termasi bilan Yevropa
chempionatida mo’jiza
ko’rsatayotgan edi. Garet hali
juda ham yosh. Ammo,
jahonning shubhasiz eng tezkor
vingeri. O’z kolleksiyasida ham
ko’pdan-ko’p titullarga ega.
Faqatgina jahonning tengsiz
futbolchisi bo’lish qoldi, xolos.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев