Предыдущая публикация
"
Sendan boshqa kimga aytaman.
Hayot tashvish shuda ne qilay
Bahorgacha uyga qaytaman.
Rosa sovuq ekan bu joylar,
Yozi qisqa, tunlari uzun.
Kerak emas tillo saroylar,
Sog‘inch ezar, yuragim mahzun.
Antiqa bu shimoliy qutb,
Uch oy yozda quyosh botmaydi.
Qishda esa yotasan kutib,
Tush vaqti ham hech tong otmaydi.
Jannatmakon yurtim qadrini,
Juda bildim, dildan his qildim.
Ex zilol buloq, ko‘m ko‘k adirni,
Qo‘msab har tun rosa siqildim.
Birov qiyo boqmasdi bir bor,
Bog‘imdagi shingil uzumga.
Bu shimolda takror va takror,
Uzumzorlar ko‘rinar ko‘zimga.
Qor yog‘adi izg‘irin, shamol,
Junjiktirar badanni sovuq.
Firoq, sog‘inch, daydigan hayol,
Bu yurakka beradi og‘riq...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 4
Зур чикибди лекин