Ayol bir niholku, parvarishga zor,
Hech kimga o‘xshamas nozik ko‘ngli bor,
Tan oling, Ayolsiz bo‘lasizku xor,
Ayolni hech qachon urmang erkaklar.
U sizdan hech narsa qilmaydi talab,
So‘zlarin aytadi dildan saralab,
Ishoning, u sizni yurmaydi aldab,
Ayolni hech qachon urmang erkaklar.
Oppoq orzularda tanladi sizni,
Xatto ezozlaydi siz bosgan izni,
Sizga borin berib baxsh etar o‘zni,
Ayolni hech qachon urmang erkaklar.
Sizni ardoqlaydi mexrini berib,
Doimo xizmatda yugurar yelib,
Ozgina arazda tursa qosh kerib,
Ayolni hech qachon urmang erkaklar.
Sizni duo qilib o‘tirar kunda,
Biroz kech qolsangiz uxlamas tunda,
Mana shunday mexr bor axir unda,
Ayolni hech qachon urmang erkaklar.
Uyingiz yoritar misoli chiroq,
Ayol bo‘lsa dilda bo‘lmaydi titroq,
Unutmang u sizdan ketmaydi yiroq,
Ayolni hech qachon urmang erkaklar.
Ayol yashamasin bir guldek so‘lib,
Xo‘rlamang, xislari qolmasin o‘lib,
Siz yonida bo‘ling suyanchiq bo‘lib,
Ayolni hech qachon urmang erkaklar.
Ayolni doimo qiling himoya,
Unga mexr bering, bo‘lar kifoya,
Sizdan ranjisa ham qilmang kinoya,
Ayolni hech qachon urmang erkaklar.
Bir qarang, nurlidur go‘zal gul yuzi,
Tinglang, boldek shirin uning har so‘zi,
Bir boqing, siz sabab quvonar ko‘zi,
Ayolni hech qachon urmang erkaklar.
Bir shirin so‘z ayting, ketadi erib,
Qizil gul lolalar keltiring terib,
Ayolni ezozlang boringiz berib,
Lek uni hech qachon urmang erkaklar.
Ayolga ochiqdur doimo Jannat,
Sizni ham Jannatga boshlaydi albat,
Ko‘nglini og‘ritib ranjitmang faqat,
Ayolni hech qachon urmang erkaklar.
Ayol siz tufayli to‘kmasin ko‘z yosh,
Hecham tatimaydi sizsiz yegan osh,
Unutmang unda ham tugaydi bardosh,
Ayolni hech qachon urmang erkaklar.
Butun borim deya suyib erkalang,
Judayam suyunar unga bir qarang,
Mexrla ardoqlab sochlarin tarang,
Ayolni hech qachon urmang erkaklar.
Bir etibor berib so‘rab qo‘ying hol,
Yodingizda bo‘lsin u sizga Halol,
Sabinaning so‘zi kelmasin malol,
Ayolni hech qachon urmang erkaklar.
🌸 🌿 FAXRIDDINBEK 🌿 🌸
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев