Xayot asli qilmas shavqat
Xaq bo'lib xam bo'ldim nohaq
Sinovlarga qilib toqat
Barchasini yengan odamman
Yor deganin aldashiga
Do'stlarimni vadasiga
dushmanimni zarbasiga
Ko'ksin tutib bergan odamman
Bahor kelsa ketar qishim
Ex kimlarga tushdi ishim
Qattiq nonga o'tmay tishim
Ne kunlarni ko'rgan odamman
Berganimni qilmay minnat
Evaziga olmay raxmat
Qilsalarda quruq tuxmat
Sabr otin mingan odamman
Ko'zlariga etib maftun
So'ngra aldab bo'ldi mamnun
Laylisi yo'q menman majnun
Sevgisidan kuygan odamman
Omad kelsa bir ondayoq
Topildiya darov o'rtoq
Ursalarda ortdan pichoq
O'limga tik boqqan odaman
Qadri baland oltin durni
Oshig'i ko'p go'zal xurni
Shoir qilgan Ozod nurni
Oddiy xalqdan chiqan odamman
DUSHMANLARIM ZARBASIGA
KO'KSIN TUTIB BERGAN ODAMMAN
OZOD NUR
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7
Xor bo'lsam ham axiri
U dunyoda Jannatda
Bo'lsin so'nggim taqdiri
Borar joyim bir parcha
Unda yo'q xatto darcha
Zulmatimni yoritay
Savob qilib xar qancha
Duoda bo'lsin tilim
Iymon bilan but dilim
Allox yo'lida doyim
Sajdada boshu qo'lim
Bu dunyoku o'tguchi
Men kim kelib ketguchi
Yaxshi ammallarimning
Balanddir bunda kuchi
Yo'lim uzundan uzoq
Qadamimda bir tuzoq
Yolg'iz keldim va yana
Yolg'iz ketsam ne izox
Iymon umr yo'ldoshim
Ikki dunyo yo'lboshim
U dunyoda Jannatdir
Bu dunyoda bardoshim
Men kim faqir bechora
Alloxdan so'rab chora
Orzu... armon xammasi
Atrofimda ovvora
Men kim faqir bechora