O'zim bilan bo'lib ovvora
Xabar olmay qolsam kun ora
Ishing ko'pdur deydi bechora
Ona sizga xech kim o'xshamas
Tun qo'ynida kelsamda uyga
Men deb qolsa tashvishu o'yga
Go'zalikda dars berar oyga
Ona sizga xech kim o'xshamas
Yorga yoqar meni boyligim
Do'stga yoqar saroy joyligim
Sizga kerak meni sog'ligim
Ona sizga xech kim o'xshamas
Yopgan noni yuziday issiq
Qaridizmi ajinlar chiziq
Siz borsizki xayotim qiziq
Ona sizga xech kim o'xshamas
Xaffa qilsam bildirmaydi jim
Sizday menga qayg'uradi kim
Tariflashga yetmaydi gapim
Ona sizga xech kim o'xshamas
Sovumaydi qishda xam choyi
Bildirmaydi og'risa joni
Xar so'zida eslar xudoni
Ona sizga xech kim o'xshamas
TARIFLASHGA YETMAYDI GAPIM
ONA SIZGA XECH KIM O'XSHAMAS
'' OZOD NUR''
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 10
iloji boricha layk kamentariya bilan qo'llab quvvatlimiz boshqalarga xam yetib borishi uchun
Onadan tug'ilganlar
Beshik bo'lsa qo'rgoni
Shaytonlar quvilganlar
Beshikda sezmay charchoq
Mustaxkam yotar xar choq
Yolg'iz bola yo'ldoshi
Yostiq ostida pichoq
Qarang ona mexrini
Beshik uzra zexnini
Tagi quruq betashvish
Xatto yopar egnini
Qishda qalin baxmali
Yozda dar parda zari
Xar mavsimga moslashgan
Beshik degani balli
Ona bizni to'qqiz oy
Avaylaydi qornida
So'ng bizni avaylaydi
Beshik ona o'rnida
Bu xammasi Onaning
Mexri bizga atalgan
Onaning yuragidan
Shu beshiklar yaralgan
Oq suti qonimizda
Ilk aylangan ne'matdir
Ayoqqa turdik u deb
Ona poyi Jannatdir
OZODA AXROROVNA.