"Запрет"ni bekor qilishning vatanda va Rossiyada bo'lgandagi Ikki holatini ko‘rib chiqamiz.
Agar vataningizda bo'lsangiz birinchi navbatda davlat shifoxonasida tekshiruvdan o'tishingiz va "taqiq"ga sabab bo'lgan kasalliklarning yo'qligi to'g'risida ma’lumotnoma olishingiz kerak. Ma’lumotnomani rus tilida oling yoki rus tiliga notarial tarjima qildiring.
Ma’lumotnomani olganingizdan so'ng, erkin shaklda ariza yozib «Роспотребнадзор» idorasiga elektron tarzda yuborishingiz kerak.
Arizangiz bilan birga pasportingiz nusxasini, uning tarjimasini va sogʻligʻingiz toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani ilova qiling. Arizangizda aniq yashash manzilingiz, pochta manzilingiz, telefon raqamingiz va elektron pochtangizni ko'rsatasiz.
«Роспотребнадзор» arizani 30 kun ichida ko'rib chiqadi. Agar arizangizga ijobiy qaror berilsa, sizga uch oy davomida Rossiya Federatsiyasi hududiga vaqtinchalik kirish huquqi beriladi va siz bir yarim oydan keyin Rossiyaga kirishingiz mumkin bo'ladi.
Rossiyaga kelishdan avval ismingiz “taqiq” ro'yxatida yo'qligiga ishonch hosil qilishingizni tavsiya qilamiz.
Rossiyaga kelganingizdan so'ng, "запрет"ga sabab bo'lgan kasallikni davolaydigan davlat dispanserlarida davolanishingiz kerak. Masalan, teri va tanosil kasalligi tufayli taqiqqa tushgan bo'lsangiz “Кожно-венерологический диспансер”da davolanasiz. Moskvada teri-tanosil kasalliklari dispanseri manzili: Москва, проспект Ленина, 17.
Davolanishni tugatgandan so'ng, «ф-001» formasidagi ma’lumotnomani olib, pasportingiz nusxasi va tarjimasi bilan birgalikda «Москва, улица Графского, 4» manzili bo'yicha «Роспотребнадзор»ga topshirishingiz kerak.
Shundan keyin Rossiya Federatsiyasiga kirish uchun qo’yilgan taqiq butunlay bekor qilinadi.
Endi Rossiyada bo’lib turgan vaqtingiz kasallik uchun qo’yilgan taqiqni qanday olib tashlashni ko’rib chiqamiz.
Rossiyada bo’lsangiz birinchi navbatda «Роспотребнадзор»ga ariza yozishingiz, hujjatlaringizning nusxasini va sog'lig'ingiz to'g'risidagi ma'lumotnomani arizaga ilova qilib topshirishingiz kerak.
Arizangizga «Роспотребнадзор» 30 kun ichida javob yuboradi. Shuning uchun arizada yashash joyingiz manzilini, pochta manzilini, telefon raqam va elektron pochtani aniq ko'rsating.
Agar murojaatingizga ijobiy javob kelsa uch oyga vaqtinchalik taqiq olib tashlanadi. Shundan so’ng kasallik uchun ixtisoslashtirilgan davlat shifoxonasida davolanishingiz kerak. Davolangandan so'ng «Роспотребнадзор»ga sog’ayganingiz haqidagi ma’lumotnoma va pasportingizning nusxasini taqdim etib ariza yozasiz. Ariza topshirilgach «Роспотребнадзор» Rossiyaga kirishga qo'yilgan taqiqni bekor qilish qarorini chiqaradi.
Unutmang, har bir bosqichda professional yordam olib, taqiqni bekor qilish jarayonini to’g’ri va oson olib borishingiz mumkin. Shuning uchun mutaxassislarning yuridik yordamidan foydalanishni tavsiya qilamiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2