Chelyabinsk viloyatida patent asosida ishlaydigan muhojirlar ishlashi taqiqlangan sohalar ko’paydi. Endi Chelyabinskdagi migrantlar faqat qurilish va ishlab chiqarish sohalarida ishlay olishadi.
19-noyabrdan boshlab patenti bor muhojirlar ulgurji va chakana savdo, avtomobil va mototsikllarni taʼmirlash, mehmonxona biznesi, ovqatlanish, sport, dam olish va koʻngilochar sohalarda va uy xoʻjaliklarida ishlashi taqiqlanadi.
Yangi taqiqlar tufayli Chelyabinskda patent bilan ishlaydigan 21,1 ming muhojirdan 12,1 ming nafari ishsiz qoladi.
“19-noyabrdan patent bilan taqiqlangan sohalarda ishlayotgan migrantlar ishdan bo‘shatilishi kerak. Bu talabning bajarilishi Chelyabinsk oblasti IIV Bosh boshqarmasining tegishli bo‘linmasi tomonidan nazoratga olinadi”, — deydi mehnat va bandlik bo'limi bosh boshqarmasi rahbari Vladislav Smirnov.
Agar 19-noyabrga kelib taqiqlangan sohalarda ishlayotgan muhojirlarning patenti muddati tugamagan bo‘lsa, unda migrantlar tanlov oldida qoladi: yoki ishlashga ruxsat berilgan sohalar – qurilish va ishlab chiqarishda ishlashadi, yoki o‘z vataniga qaytib ketishlari kerak bo‘ladi.
Chelyabinskda ishlayotgan muhojirlar oramizda bormi?
Migrant.uz tahririyati bilan bog'lanadigan ko'cha tozalovchilari (dvorniklar) yo'llarda to'plangan suvni tozalashda ham ishlashlarini ta'kidlashadi, Orangizda shunday muhojirlar bo'lsa ish jarayonidan videolaringiz bilan bo'lishing.
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 18