Ota yurtim qadimiy Turon- Turkiston,
Faxr bilan yashayman har on har zamon ,
Õtmishingni eslab oğriydi dilim,
Nokaslar qilmishidan yuzlari tilim-tilim.
Bugun kelagagi buyuk Õzbekistonsan,
Har gõshang tabarruk bir gulistonsan,
Dunyoni lol qoldirib, balqiding bugun ,
Adolat tuyğusi har joyda ustun .
Noming tanitay deb butun dunyoga ,
Tirishqoq õğil-qizing doim ziyoda,
Ixtirochi, yozuvchi , shoir, muhandis ,
Qalbida faqat yaxshi niyatlar xolis.
Dunyoga mashhur bobolarim bor,
Mening ham ularga xos nomus-orim bor,
Izlariga izm bosib borgayman,
Shu yurt uchun jonim fido qilgayman .
Yurtim asoschisi Islom bobomni ,
Elparvar, jonkuyar Shavkat bobomni ,
Ishonchini oqlab ta'lim olgayman ,
Kelgusida zõr tarjimon bõlgayman.
Har doim moviy osmoningda quyosh charaqlab tursin,
Har gõshang laylaklarga oshyon bõlsin ,
Mustaqilliging bardavom, abadiy qolsin
Yurtim 29 yoshing muborak bõlsin!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1