Ahmad Donish kim bolgan va xayoti va ijodi haqida xamma xam toliq ma'lumotga ega bolmasa kerak.Shunday ekan bu shaxs haqida bilganlarimizni yozishga qaror qildik Ahmad Donish yoki Ahmad Kalla deb nom qozongan Ahmad ibn Mir Nosir ibn Yusuf al-Xanafi as-Siddiqiy al-Buxoriy Buxoro amirligida XIX asrning oʻrtalarida yashab ijod etgan, 1827 yilda Buxoro shahrida tugʻilgan. Shu yerdagi maktab va madrasalarda bilim olib, oʻz davrining ilgʻor olimi va mutafakkiri darajasiga koʻtarilgan.
Ahmad Donish madrasada olgan bilimlar bilan kifoyalanmay, riyoziyot, falakiyot, adabiyot, musiqa, meʼmorchilik, tarix va falsafa bilan shugʻullandi, ayniqsa, sharq shoirlari va mutafakkirlarining asarlarini koʻp oʻqidi va oʻrgandi. Ibn Sino, Umar Hayyom, Navoiy, Fuzuliy, Bedil asarlari bilan yaqindan tanishib, ularning fikrlaridan oʻz risolalarida keng foydalanishga intildi.
Donish yuqori malakali xattot, meʼmor ham edi. Shuning uchun XIX asrning 50-yillarida Buxoro amiri Amir Nasrulloh (1827–1860) saroyida xizmat qildi. 1870 yili saroy xizmatidan ketdi.
Ahmad Donish falsafa, tarix, falakiyot, riyoziyot, adabiyot, xattotlik masalalariga bagʻishlangan asarlar yozgan.
Oʻzbekiston Resiublikasi FA Beruniy nomli Sharqshunoslik institutining qoʻlyozma fondida Ahmad Donishning 16 ta risolasi va yana bir qancha sheʼrlari kiritilgan tazkiralar, Gʻazzoliy, Jomiy asarlaridan koʻchirgan qoʻlyozma nusxalari saqlanadi, ularning koʻpchiligi asl nusxa boʻlib, muallifning oʻzi tomonidan bitilgandir. Masalan: 1877 yilda yozilgan “Majmuai hikoyati Axmadi Kalla” deb nomlanuvchi qoʻlyozmada muallif turli tarixiy, adabiy, falsafiy masalalar haqida fikr yuritadi.
Ahmad Donish merosining bir qismigina oʻrganilgan boʻlib, bu sohada rus olimlari va Oʻzbekiston, Tojikistonda olib borilgan tadqiqotlarni qayd etib oʻtish lozim. Donish asarlarining asl nusxasi – tojik tilida, rus va oʻzbek tillarida nashr etilgan. Buqomusiy bilim egasining boy ijodiy merosini, tabiiy-ilmiy qarashlarini har tomonlama oʻrganish oʻz tadqiqotchilarini kutmoqda.
Комментарии 5
Ahmad Donish yoki Ahmad Kalla deb nom qozongan Ahmad ibn Mir Nosir ibn Yusuf al-Xanafi as-Siddiqiy al-Buxoriy Buxoro amirligida XIX asrning oʻrtalarida yashab ijod etgan,
1827 yilda Buxoro shahrida tugʻilgan. Shu yerdagi maktab va madrasalarda bilim olib, oʻz davrining ilgʻor olimi va mutafakkiri darajasiga koʻtarilgan.