Предыдущая публикация
O'xshab shamol yirtgan yelkanga,
Goh azoblar botar yelkamga,
Qancha qiynoq o'xshaydi kamga,
Men chinorman, sinmayman sira.
Yashnayman men yillar o'tsa ham,
Tomirimdir qalin, mustahkam,
Yillar aytsin, eng oliy hakam,
Men chinorman, sinmayman sira.
G'animlari toshlarin otgan,
Azoblardan diydasi qotgan,
Obi hayot suvidan totgan,
Men chinorman, sinmayman sira.
Qaddim sira egilmas, mag'rur,
Qalbda Alloh, yashayman masrur,
Bardoshim ham metindek erur,
Men chinorman, sinmayman sira.
Hiylangizning barchasi bekor,
O'ylamang hech, qolmayman nochor,
Men bekorga emasman CHINOR,
Men chinorman, sinmayman sira.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 18