🤲
Tug‘ilmoq tuhfadir...Yashamoq sabr...
Maqsadga erishmoq...so‘qmog‘i og‘ir.
Shukurda yashaylik...umrbod...oxir...
Qalbda iymon...Alloh Taolo bandam desin.
Goho taqdir sinovlarin yo‘llaganda...
Bizdan kimlar kechib...kimlar qo‘llaganda...
Osiylarmiz...gunohlarni anglaganda...
Qalbda iymon...Alloh Taolo bandam desin.
Mayli bo‘lmas hasham uylar...kamtar kulba...
Bu dunyoda qancha sog‘ bor,qancha"telba"
Barisini yaratmish bir ROBBIM tanho...
Qalbda iymon...Alloh Taolo bandam desin.
Xasad xazon...sarg‘aymasin qalbimizda,
Havas yog‘du...yetoklovchi sabrimizda.
O‘tar umr...so‘nggi manzil qabrimizda...
Qalbda iymon...Alloh Taolo bandam desin.
O‘zlariga teng ko‘rmasin mayli boylar,
Suv bor uchun oqar asli shoshqin soylar.
O‘tkinchidir mansab-amal...gul chiroylar...
Qalbda iymon...Alloh Taolo bandam desin.
Rahmonimning izmidadir har bir nafas!
Risq bo‘lmasa...ojiz yurak sira urmas.
Bandasining"iltifoti"kerak emas...
Qalbda iymon...Alloh Taolo bandam desin.
Qishning qaxratonida ne jonlar omon...
Bahor ko‘nglimizda...orzuga oshyon.
Yozdagi tuyg‘ular...goh kuzgi xazon...
Qalbda iymon...Alloh Taolo bandam desin.
Joynomozda...sajda uchun egilsin bosh!
Ibodatda ho‘p sinalsin, sabr-bardosh.
Tavba bilan tilda zikr,ko‘zlarda yosh...
Qalbda iymon...Alloh Taolo bandam desin.
Qabul bo‘lsin ezgu amal...xush duolar,
Tangrim uchun aytaylik chin hamd sanolar!
Berguvchidir...bizda bori iltijolar...
Qalbda iymon...Alloh Taolo bandam desin.
✍AHMEDOVA NASIBA BERDIMURODOVNA
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев