O'zbekiston nurli yulduzim,
Senda baxtli kecham kunduzim,
Sen uchun bu tabrigim so'zim,
Mustaqillik muborak diyman,
Vatan doim mening dilimda,
Sog'inaman yurgan yo'limda,
Bayrog'ingni tutib qo'limda,
Mustaqillik muborak diyman,
Dunyolarning bebaxo duri,
Sen qarog'im ko'zimning nuri,
Vatanim bu qalbimning qo'ri,
Mustaqillik muborak diyman,
Madxiyangdan yayrar yuragim,
Vatan o'zing menga keragim,
Bugun senga ko'pdir tilagim,
Mustaqillik muborak diyman,
Ulug'layman xumo qushingni,
Qiyosi yoq yozu qishingni,
Nishonlayver ming ming yoshingni,
Mustaqillik muborak diyman,
Uzoq ketsam sog'inching ezar,
Ko'nglim doim taftingni sezar,
Vatanimda bayramlar kezar,
Mustaqillik muborak diyman!...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев