Shavkat Rahmon eng sónggi she'rlaridan :
Nodirajon, Shoirajon,
tanam qimir etmaydi,
olis-olis vohalardan
tog’larimni chaqiring,
osmon to’la havolar
faqat menga yetmaydi.
Nodirajon, Shoirajon,
tanam qimir etmaydi,
ko’zimda bir tomchi yosh,
soylar yuvsa ketmaydi.
Nodirajon, Shoirajon,
tanam qimir etmaydi,
peshonamning sho’ridan
bino bo’lgan bu daryo…
osmon to’la havolar
faqat menga yetmaydi.
Nodirajon, Shoirajon,
tanam qimir etmaydi,
boring, qorli tog’larga:
Bir shoir yotibdi, deng
Xudoning hovlisida…
Osmon to’la havolar
faqat menga yetmaydi…
🙏🙏
🔥 🔥 🔥 🔥
Fikrlashingizni 180° ga o'zgartirib yuboradigan telegram kanalimizga obuna bo‘ling: https://t.me/muxtar_media Oyog’imga botmon toshlarni
Bolalikdan bog’lab qo’ydi kim?
Endi xalos bo’lmoqqa yetmas
Yovuzlardan asragan umrim.
Xudo bergan soniyalarni
xarob qildi qaysi g’alamis?
Agarda shu toshlar bo’lmasa,
Uchar edik samolarda biz..
Shavkat Rahmon
🕊 🕊 🕊 🕊
Fikrlashingizni 180° ga o'zgartirib yuboradigan telegram kanalimizga obuna bo‘ling: https://t.me/muxtar_media Go‘daklikdan ma’lum har odam,
Bola boshdan degan gap to‘g‘ri.
Mabodo men shoir bo‘lmasam,
Bo‘lar edim bezori, o‘g‘ri...👇
Sergey Yesenin
🔥 🔥 🔥 🔥
Fikrlashingizni 180° ga o'zgartirib yuboradigan telegram kanalimizga obuna bo‘ling: https://t.me/muxtar_media ...
Jikkakkina shum bola edim,
Tengdoshlarim ichra "qahramon".
Qaytar edim ko‘chadan doim
Burnim pachoq, usti boshim qon.
Qo‘rqib ketgan onam qoshida
Derdim tutib o‘zimni mahkam:
"Hechqisi yo‘q. Qoqildim toshga.
Ertagacha qolmas o‘rni ham".
Yillar o‘tdi, ketdi bolalik,
Nihoya yo‘q armonlarimga.
Yoshlikdagi sho‘xlik, olovlik
Ko‘chdi she’ru dostonlarimga.
Bolaligim ketdi borini
Satrlarda qoldirib butun.
She’rlarimda shum, bezorining
Xislatlari aks etar bu kun.
Mag‘rurligim hamon qolmagan,
Hamon baland o‘tli ko‘kragim.
Bolalikda burnim qonagan,
Bugun esa qondir yuragim.
Mendan kulgan to‘da qoshida
Deyman tutib o‘zimni mahkam:"
Hechqisi yo‘q! Qoqildim toshga,
Ertagacha qolmas o‘rni ham"...
Sergey Yesenin
🍀 🍀 🍀 🍀
Fikrlashingizni 180° ga o'zgartirib yuboradigan telegram kanalimizga obuna bo‘ling: https://t.me/muxtar_media Senga achinaman,Yolg’iz qolarsan.
Men esam tayyorman Duelga, hatto.
«Baxtlidir jomini ichib bo’lmagan**,
Va tinglab bo’lmagan naydan ham navo...
Sergey Yesenin
🍃 🍃 🍃 🍃
Fikrlashingizni 180° ga o'zgartirib yuboradigan telegram kanalimizga obuna bo‘ling: https://t.me/muxtar_media Deding: Sa’diy doimo yorning
Siynasidan olarkan boʻsa.
Xudo haqqi, shoshma, dildorim,
Qochmas axir oʻrganish boʻlsa.
Deding: — "Qur’on soʻzi azaldan
"Alqasosu minalhaq" tamom!"
Men tugʻilgan boʻlsam Ryazanda
Qaydan tanish boʻlsin bu kalom.
Oʻgit bilan qiynama endi,
Oʻgitlaring menga ne darkor?!
Shoir boʻlib dunyoga keldim,
Shoir kabi oʻpaman, dildor...
Sergey Yesenin
🍂 🍂 🍂 🍂
Fikrlashingizni 180° ga o'zgartirib yuboradigan telegram kanalimizga obuna bo‘ling: https://t.me/muxtar_media Yig’lamasman, qilmasam fig’on,
O’tgan o’tdi, afsus aytmasman.
Oltin sochdi boshimdan xazon,
Men yoshlikka endi qaytmasman.
Avvalgidek o’t olib, shaydo –Yonmas cho’g’i sovugan yurak.
Endi moviy kengliklar aro
Yalangoyoq chopmasam kerak.
Yuragimga cho’kdi hazinlik,
Yo’q u shodon, sho’x-sho’x so’zlarim.
Qani yovqur, mard o’spirinlik,
Qani zavqqa to’lgan ko’zlarim?
Endi orzu-havaslarim kam,
Tushmidi yo o’ngmidi hayot?
Keng daladan bamisli ko’klam
O’tgandekman minib uchqur ot.
Vafosizdir o’tkinchi gardun,
Dunyo bilan xayrlashgan on
–Yashaganing, ko’rganing uchun
Rozi bo’lib shukur ayt, inson!
Sergey Yesenin
🌿 🌿 🌿 🌿
Fikrlashingizni 180° ga o'zgartirib yuboradigan telegram kanalimizga obuna bo‘ling: https://t.me/muxtar_media
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев