Bittasi bor - tor ko'cha,
Bu ko'chaning boshida,
Biz turamiz har kecha.
Ko'kka qarab Bahodir,
Yulduzini axtarar,
Huv hovlida bir sanam,
Meni o'ylab soch tarar.
Qiz sezadi : ko'chada,
Oshig'ining bag'ri qon,
Chiqolmaydi baribir,
Otasin fe'li yomon.
Zorlanaman do'stimga,
<<Shuncha suyganim kammi,
Otasining izmidan,
Chiqolmagan sanammi?>>
Do'stim deydi: <<Tannoz qiz
Qadringizga yetmaydi,
Bir chiqib qo'ysa nima,
Asakasi ketmaydi.
Afsus tajang otasi,
Katta olar o'zini,
Sizga bergisi kelmas,
Yolg'izgina qizini>>
Alamimdan talqonday,
Tuyib tashlayman toshni,
Biz pinakka ketamiz,
Turtib qo'yib quyoshni.
Shunday o'tar har kecha,
Ta'til o'tar shu zayl,
<<Qiz omonat sizga do'st,
Toshkentga ketdim xayr...>>
Garchi shaharda mazza,
O'zimga bek to'raman,
Lekin har kun kun sanab,
Naq kunimni ko'raman.
Bir kun boshqacha bo'lib,
Yig'olmayman hushimni,
Ovunmoqchi bo'laman,
Suvga aytib tushimni.
Shu kun do'stdan keldi xat:
"Sizga katta ta'ziya,
Ishontirgan qalamqosh
Erga tegib ketdiya..."
Ko'z oldimda bir chaqmoq,
Chaqnaganday tuyuldi,
Ishim chappa aylanib,
Tushim o'ngidan keldi.
Endi menga baribir,
Butkul boshqa bolaman,
Alamimni birgina
She'riyatdan olaman.
Ko'nib qolgan onam ham,
Qaysar o'gli fe'liga:
"Mayli omon bo'l, bolam
Kelmasang ham . . . mayliga"
Uyga qachon boraman,
Endi Hudo biladi.
Shunday qilib Toshkentda
Shoir paydo bo'ladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4