Ollohning dushmanlari boʻlmish kofirlar, Olloh ta'oloning tayyorlab qoʻygan qiynoqlar va qiynoqlar ichidagi dahshatlarni koʻrganlari on, doʻstliklari dushmanlikka aylanib, bir-biri bilan janjallashib, xujjatlar keltirib, bir-birini la'nat qiladilar. Olloh ta'olo dedi: «(Qiyomat kunida) barcha xaloyik Ollohga roʻbaroʻ boʻlib, bechora (ergashuvchi)lar mutakabbir kimsalarga (ya'ni, oʻzlarining sobiq yoʻlboshchilariga): «Bizlar sizlarga ergashgan edik, endi sizlar bizni Ollohning azobidan qutqara olasizlarmi?!» deganlarida, ular aytadilar: «Agar Olloh bizni (Haq yoʻlga) xidoyat qilganida edi, biz ham sizlarni hidoyat qilgan boʻlur edik. (Endi esa) dod-faryod qilamizmi, sabr-qanoat qilamizmi, biz uchun farqi yoʻq – hech qanday najot yoʻqdir» (Ibroxim: 21;
«Oʻshanda ular doʻzaxda oʻzaro tortishib, bechora (ergashuvchi)lar mutakabbir kimsalarga (ya'ni oʻzlarining sobik yoʻlboshchilariga): «Bizlar sizlarga ergashgan edik, endi sizlar bizlardan doʻzax (azobi)dan biron boʻlagini daf qila olasizlarmi?!» der ekanlar mutakabbir kimsalar aytadilar: «Bizlarning barchamiz shak-shubxasiz (doʻzaxdadirmiz). Darhaqiqat, Olloh bandalar oʻrtasida Oʻz hukmini chiqardi»(Gofir: 47, 48).
U dahshatli kunda tortishuvlar xilma-xil boʻladi: sigʻinganlar va soxta tangrilar, ergashganlar va adashtirgan yoʻlboshchilar, bir xil gunoh qilganlar bir-biri bilan tortishadilar.
Dahshat va tortishuv banda bilan a'zolari tortishgan paytida oʻz nihoyasiga yetadi: «Ollohning dushmanlari doʻzaxga (xaydalish uchun) toʻplanib, tizilib turishadigan Kunni (eslang). Endi ular kachonki (doʻzaxga) kelishgach, hayoti, dunyoda qilib oʻtgan kufru-isyonlari haqida soʻraladi, lekin ular oʻz qilmishlaridan tonishga urinadilar. (Shunda) ularning kuloklari, koʻzlari va terilari ular qilib oʻtgan narsalari haqida oʻzlariga qarshi guvohlik beradi. Ular terilariga «Nima uchun bizga qarshi guvohlik berdinglar?!!»- deyishganida, (terilari): «Bizlarni barcha narsani soʻzlatgan Olloh soʻzlatdi. Sizlarni dastlab U yaratgan va yana Uning oʻzigagina qaytarilursizlar», deydilar» (Fussilat: 19 – 21).
Anas ibn Molik raziyallohu anhu dedi: «Biz rasululloh sollollohu alayhi va sallamning huzurida edik. Rasululloh sollollohu alayhi va sallam kuldilar-da: «Men nega kulganimni bilasizlarmi?»- deb savol berdilar. Biz: «Olloh va Uning rasuli biladi»- deb javob berdik. «Bandaning Robbisiga: «Robbim, meni zulmdan kafolatga olmadingmi?» deb qilgan xitobiga Olloh: «Ha (kafolatga olgan edim)»- deydi. Banda: «Menga oʻzimdan guvohlar boʻlishiga ijozat berasanmi?»- deydi. Olloh ta'olo: «Senga qarshi oʻzing va muxtaram qotiblar – kiromun qotibiynlar yetarli guvohdirlar!»- deydi.
Keyin bandaning gʻafzi muxrlanadi (gapira olmay qoladi). Uning a'zolariga «Soʻzlanglar!» deyiladi. A'zolar oʻz qilmishlarini aytib beradilar. Keyin, bandaga soʻzlash haqki qaytarib beriladi va u: «Yoʻqolinglar, men sizlarni ximoya qilmokchi edim!» deydi (Imom Muslim rivoyati).
Ular jahannamga kirganlarida, bir-birlarini la'natlagan va bir-birlariga kuchaytirilgan azoblar tilagan ovozlar koʻtariladi. Olloh ta'olo dedi: «Unga (jahannamga) qaysi halq kirsa, boshqasini la'nat qiladi. Xatto ularning barchasi bir-birini taniganlarida birisi ikkinchisiga: «Robbimiz shular bizni adashtirgan edilar. Ularga otash azobini kat-kat qilib ber!»- deydi» (A'rof: 38).
Xasrat, afsus hamda hayot dunyosiga qaytish yoki Olloh xalok qilib tashlashini umid qilish
Qiynoq, xorlik va xoʻrlikni koʻrganlarida kofirlarni xasrat va afsus kamraydi. Azobdan xasrat chekish koʻp boʻlgani uchun ham, Olloh ta'olo bu kunni – Xasrat kuni deb nomladi: «(Ey Muhammad), siz ularni (ya'ni Makka mushriklarini) barcha ish bitirilib (ya'ni jannat ahli jannatga, doʻzax ahli doʻzaxga hukm qilinib,) ular xasrat-nadomat qilib qoladigan Kun–Qiyomatdan qoʻrqiting! Bugun ular gʻaflatdadirlar, (shu sababdan) ular iymon keltirmaydilar» (Maryam: 39).
Kofirlarning oʻzlariga yuborilgan Ollohning paygʻambariga ergashmay, paygʻambar dushmanlariga ergashishning afsusi shu darajaga yetib boradiki, ular qoʻllarini tishlaydilar. Olloh ta'olo dedi: «U kunda zolim qoʻllarini tishlaydi va: «Koshki paygʻambar bilan bir yoʻlda boʻlsam. Koshki falonchi bilan doʻst boʻlmasam edi. U meni menga yetib kelgan zikr (Ollohni eslash)dan adashtirdi»- deydi. Holbuki, Shayton insonni yordamsiz tashlab qoʻyguvchidir» (Furkon: 27 – 29).
Oʻsha kunda kofirlar gunohlarining kechirilmas, uzrlarining qabul boʻlmasligini aniq bilganlaridan soʻng, Ollohning raxmatidan noumid boʻladilar. Olloh ta'olo deydi: «Qiyomat qoim boʻlgan kunda gunohkorlar noumid boʻladilar» (Rum: 12).
Kofirlar dunyo hayotiga qaytib, solih amallarni qilib taqvodorlar safida boʻlishni orzu qiladilar. Olloh ta'olo deydi: «Jahannam ustida turar ekanlar kofirlarni: «Koshki (dunyo hayotiga) qaytarilsak, Robbimizning oyatlarini rad etmasak va moʻ'minlardan biri boʻlsak» deganlarini bir koʻrsangiz edi»(An'om: 37);
«Siz gunohkorlarning Robbilari huzurida boshlarini egib: «Robbimiz, koʻrdik va eshitdik, bizlarni (dunyo hayotiga) qaytar va biz solih amallarni qilib, iymonlilardan biri boʻlaylik» deganlarini koʻrsangiz edi»(Sajda: 12).
Kofirlarning qiynoq va azoblardan qiynalishlari shu darajaga yetib boradiki, ular Ollohdan oʻzlarini xalok qilib, tuproqqa aylantirib tashlashini umid qiladilar. Olloh ta'olo dedi: «Kofir va paygʻambarga osiylik qilganlar u kunda yer bilan barobar boʻlishni xohlab qoladilar» (Niso: 41);
«Kofir: «Koshki tuproqqa aylansam» deydi» (Naba': 40).
Siz oʻlish eng buyuk gʻoyasi boʻlganlar haqida nima deysiz?! (Doktor Umar Ashkar, “al-Kiyamatul-Kubro”»: 125.
Kofirlar jahannamda mangu qolib, u yerdan chiqmaydilar. Jahannam azobi esa uzluksiz boʻladi.
Jahannamda mangu qoladiganlar – kofir, mushrik va munofiqlardir.
Olloh ta'olo dedi: «Oyatlarimizni rad etgan va ulardan yuz oʻgirgan kimsalar, oʻshalargina jahannam ahli boʻlib, jahannamda mangu qoladilar» (A'rof: 36));
«Kofir boʻlgan va oyatlarimizni rad etgan kimsalar, oʻshalar jahannam ahlidirlar va u yerda mangu qoladilar» (Baqara: 39);
«Munofiqlar jahannamning eng tubida boʻladilar va ularga yordamchi topa olmaysiz» (Niso: 145).
«Jahannam ahli qattiq qiynalib, har bir narsadan noumid boʻlib –holbuki oʻsha paytda jim boʻladilar-, Olloh ta'olo aytganidek, jahannam posboni – Molik (farishta)ga nido qiladilar: «Hoy Molik, Robbing bizlar ustimizdan hukm qilsin!»- deydilar. Ya'ni, Robbing bizlarning jonimizni olib, bu qiynoqlardan qutqarsin. Bu qattiq qiynoqlarga bizda na sabr va na matonat qoldi. Biz qattiq gʻam ichidamiz!
Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu dedi: «Molik ularga ming yil oʻtganidan soʻng: «Sizlar bu yerda qolguvchidirsizlar!»- ya'ni, sizlar bu yerdan hech ham chiqmaysizlar»- deydi. Ularning maqsadlari hosil boʻlmaydi. Balki ularga umidlariga zid javob beriladi. Bu – ularning qaygʻulariga qaygʻuni ziyoda qiladi» («Fatxul-Boriy», Kitabut-tafsir: 8/ 568. Ibn Kasir tafsiri: 4/ 135. Nosir Sa'diy tafsiri: 4/ 458).
Olloh ta'olo dedi: «Kofirlar jahannamdan chiqishni xohlaydilar. Ular u yerdan chiqa olmaydilar. Ularga uzluksiz qiynoqlar bordir» (Moida: 37).
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu dedi: «Rasululloh sollollohu alayhi va sallam dedilar: «Jannat ahli jannatga, jahannam ahli jahannamga kirganlaridan soʻng, oʻlimni jannat va jahannam oʻrtasiga olib kelinadi-da, boʻgʻizlanadi va bir dargʻachi: «Hoy jannat ahli (endi) oʻlish yoʻqdir! Hoy jahannam ahli, (endi) oʻlish yoʻqdir!»- deb nido qiladi. Jannat ahli quvonchlariga quvonchni, jahannam ahli qaygʻulariga qaygʻuni ziyoda qiladilar» (Imom Buxoriy rivoyati: 11/ 415).
Qurtubiy rahimahulloh mazkur hadisning bir necha rivoyat silsilalarini naql qilganidan soʻng, shunday dedi: «Ushbu hadislar sogʻlom-sahih boʻlishi bilan birga jahannam ahlining jahannamda bir vaqt, zamonga qadar emas, balki hayot, huzur va qutulish boʻlmay, mangu qolishlarining ochiq bayonidir. Balki Olloh ta'olo oʻzining mukarram Kitobida kofirlarning qiynalishini izohlab dedi: «Kofirlarga jahannam azobi bordir, ularga na (oʻlim) hukm qilinar va na azob yengillashtirilur. Biz barcha nonkoʻrlarni shunday jazolaymiz»(Fotir: 36);
«Terilari pishgani sayin, yangi teriga alishtiramiz» (Niso: 56);
«Kofir boʻlganlarga olovdan kiyim bichilir va boshlarining ustlaridan qaynok suvlar quyulurki, ularning ichki a'zolari va terilarini eritib tashlar. Ular uchun temir gurzilar bordir. Ular qachon (jahannam) gʻam-azobidan chiqmoqchi boʻlsalar (gurzilar bilan) yana qaytarilurlar...) Xaj: 19 – 22)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев