Shoul bilan Dovudning suhbati endi tugagan ham ediki, Yoʻnatanning koʻngli Dovudga bogʻlandi, Yoʻnatan uni oʻz joni kabi aziz koʻrdi. Oʻsha kundan boshlab Shoul Dovudni yonida olib qoldi, otasining uyiga qaytib ketishiga ijozat bermadi. Yoʻnatan Dovudni oʻz joniday aziz koʻrgani uchun u bilan ahd qildi. Ustidagi kiyimini yechib berdi, sovuti, qilichi, kamoni va kamarini ham Dovudga hadya qildi. Shoul Dovudni qayerga joʻnatmasin, Dovud muvaffaqiyatga erishdi. Shu bois Shoul unga qoʻshinidagi katta lavozimni berdi. Bu voqeadan barcha xalq ham, Shoulning xizmatkorlari ham xushnud boʻlishdi. Dovud Goʻliyotni oʻldirgandan keyin, jangchilar oʻz uylariga qaytayotgan edi. Isroilning hamma shaharlaridan kelgan ayollar childirma va torli musiqa asboblarini chalib, oʻyin–kulgi qilib, shoh Shoulni kutib olgani chiqishdi. Yayrab–oʻynasharkan, shu qoʻshiqni aytishardi: “Shoul minglarchasini oʻldirdi, Dovud esa oʻn minglarchasini!” Bu soʻzlar Shoulga ogʻir botdi, uning gʻashini keltirdi. “Dovudga oʻn mingtasini, menga esa mingtasini berishdi! Unga shoh boʻlishdan boshqa yana nima qoldi?!” deb oʻyladi. Shunday qilib, oʻsha kundan boshlab Shoul Dovudga yomon koʻz bilan qaray boshladi. Ertasi kuni Xudo yuborgan yovuz ruh Shoulni qamrab oldi, u oʻz uyida jazavaga tushdi. Dovud har galgiday yana lira chalib oʻtirar, Shoulning qoʻlida nayza bor edi. U oʻzicha: “Dovudni nayza bilan urib devorga qoqib qoʻyaman”, deb nayzani unga qaratib otdi. Lekin Dovud ikki safar ham unga chap berib qutulib qoldi. Shoul Dovuddan qoʻrqardi. Chunki Egamiz Dovud bilan birga edi, Shoulni esa tark etgan edi.
Egamiz Dovud bilan boʻlgani uchun, u har qanday ishning uddasidan chiqardi. Dovudning katta muvaffaqiyatini koʻrib, Shoul battarroq qoʻrqardi. Butun Yahudo va Isroil xalqi Dovudni yaxshi koʻrardi, chunki Dovud ularning oldingi safida yurib, jangga borardi.
https://www.youtube.com/watch?v=hUb2o82PHIo #mudofaa #mudofaavazirligi #armiya #armiyauzbekistan #askar #harbiy
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев