Jamiki Isroil qabilalari Xevronga — Dovudning huzuriga kelib shunday deyishdi: — Biz ham sizning jigaringizmiz. Ilgari Shoul shohimiz boʻlganda ham, urushlarda Isroil lashkariga oʻzingiz bosh boʻlar edingiz. Egamiz sizga: “Sen xalqim Isroilning choʻponi boʻlib, ularni boqasan, Isroilga sen rahnamolik qilasan”, deb aytgan edi. Shunday qilib, Dovud Xevronda Isroil oqsoqollari bilan Egamiz oldida ahd qildi. Isroil oqsoqollari Dovudning boshiga moy surtib, uni Isroil ustidan shoh qilib koʻtarishdi. Dovud oʻttiz yoshida shoh boʻlib, qirq yil shohlik qildi: Xevronda yetti yilu olti oy Yahudo ustidan, Quddusda esa oʻttiz uch yil butun Isroil va Yahudo ustidan shoh boʻldi. Shoh Dovud odamlari bilan Quddusda yashayotgan Yobus xalqiga qarshi otlanganda, ular Dovudga: “Sen bu yerga kira olmaysan, hatto oramizdagi koʻrlar bilan choʻloqlar ham seni orqangga uloqtirib yuboradi”, deyishdi. Yobus xalqi: “Dovud shahrimizni bosib ololmaydi”, deb oʻylagan edi. Ammo Dovud Sion qalʼasiga bostirib kirib, qalʼani egalladi. Keyinchalik bu qalʼaga “Dovud qalʼasi” deb nom berildi. Shunday qilib, Dovud qalʼani egallab, bu yerni “Dovud qalʼasi” deb atadi. U Quddusning sharq tomonidagi Millodan boshlab, butun shahar atrofini devor bilan oʻrab mustahkamladi. Dovud tobora kuchayib borardi, chunki Parvardigori Olam — Egamiz unga yor edi.
https://www.youtube.com/watch?v=hUb2o82PHIo #mudofaa #mudofaavazirligi #armiya #armiyauzbekistan #askar #harbiy
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев