Tashqarida yomg‘ir tinmay yog‘ardi. Shu payt dorixona eshigi ochildi va 6 yoshli qizaloq kiyimlari jiqqa ho‘l holda kirib keldi.
U ingichka, bo‘g‘iq ovozda dedi:
–Xola sizda “mo‘jiza” degan dori bormi?.
Sotuvchi taajjublanib:
–Qizim so‘zlaringga tushunmadim, bu nima deganing?
–Ukam qattiq kasal hozir kasalxonada. Onamni aytishlari bo‘yicha ukamni faqat Ollohni mo‘jizasi qutqarishi mumkin ekan. Shunga iltimos, jon xola “Ollohni mo‘jizasi” degan doringizdan bering.
Shu payt dorixona eshigi ochildi va tashqaridan kelishgan, gavdali, boshiga shlyapa kiyib olgan kishi kirib keldi.
Qizaloq hamon sotuvchiga umidvor tikilardi:
–Iltimos dorini tezroq bering, bo‘lmasa ukam o‘lib qoladi – derdi qizaloq tinmay.
Shunda dorixonaga endigina kirib kelgan noma’lum kishi qizchadan so‘radi:
–Tinchlikmi qizim senga qanday dori kerak o‘zi?
–Ukam qattiq kasal bo‘lib qoldi. Kasalxonaga dadam va oyim olib borishdi. Operatsiyaga pul kerak ekan. Ammo dadamda buncha ko‘p pul yo‘q. Oyimni aytishlaricha endi ukamni faqat Ollohni mo‘jizasi qutqarar ekan. Men shu dorini olgani keldim. Menda faqat o‘zim to‘plagan pul bor xolos. Iltimos shu pulimga “mo‘jiza” degan doridan olib bering.
–Qizim qancha puling bor?
–9800 so‘m ekan...
–Yur qizim shifoxonaga boramiz.
Notanish kishi qizcha bilan dorixonadan chiqib ketdi. Shifoxonaga yetib borishgach, hamshiralarga tezda operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishni buyurdi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi, bolakayning hayoti saqlab qolindi.
Bolakayning ota-onasi xavotir bilan notanish doktorning xonasiga kirishdi:
–Doktor, sizga rahmat. Lekin biz operatsiya pulini hoziroq to‘lay olmaymiz. Agar imkon bersangiz…
–Havotir olmang, operatsiya pulini qizingiz to‘ladi.
Doktor kulib qo‘ydi. U qizaloqning 9800 so‘miga “mo‘jiza” dorisini sotgan edi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев