Yorginamni bunchalar qoshlari qaro qoshlari qaro,
Qoshlariga tutashgan sochlari qaro sochlari qaro,
Boqmasa yorim netay dartga yo'q davo dartga yo'q davo,
Aylasa dartga davo ayni mudao ayni mudao,
Kela qolsin kelsiney yorim bo'lsiney,
Ozod vatanda birga davron sursiney (2).
Yorginam ko'chasidan o'tayin mano o'tayin mano,
Borib xargalgi joyda kutayin mano kutayin mano,
Kelmasa yo'q kunumdan biror bir ma'no biror bir ma'no,
Kelsa gar dasta gullar tutayin mano tutayin mano,
Kela qolsin kelsiney yorim bo'lsiney,
Ozod vatanda menla davron sursiney (2).
Yorginam qo'llariga qo'ysalar xino qo'ysalar xino,
Shundaxam o'zlariga qo'ymaslar bino qo'ymaslar bino (2),
So'zlaganda so'zlari boldan shirino boldan shirino,
Birbor tinglab zo'zini mast bo'lganmano mast bo'lganmano,
Kela qolsin kelsiney yorim bo'lsiney,
Ozod vatanda birga davron sursiney,
Kela qolsin kelsiney yorim bo'lsiney,
Ozod vatanda menla davron sursiney davron sursiney...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2