Keng ko’chalar, chang-chang
ko’chalar,
Yorim keladur, oydin kechalar.
(x2)
Gap otadur necha-nechalar, (x2)
Menga qo’ying yorni akalar.
Hey, keng ko’chalar, chang-chang
ko’chalar,
Yorim keladur, oydin kechalar,ey.
Va’da berib keldi go’zal,
Tillari bol, qandu asal. (x2)
Yerga qarab, boshin egib,
Sevaman deb aytdi go’zal-ey.
Keng ko’chalar, chang-chang
ko’chalar,
Yorim keladur, oydin kechalar,ey.
O’zim boray ostonasiga,
Ayta qolay onasiga. (x2)
Rozi bo’lsa onasi-yey,
To’y yuboray koshonasiga
.
O’sha oydin keling dedi,
Yor bo’lay deb aytdi go’zal.
Keng ko’chalar, chang-chang
ko’chalar,
Yorim keladur, oydin kechalar.
(x2)
Gap otadur necha-nechalar, (x2)
Menga qo’ying yorni akalar.
Keng ko’chalar, chang-chang
ko’chalar, (x2)
Keng ko’chalar…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1