Buni ularning nomidan biz sizga aytamiz...
Xayot tarzi
Oldimga qo'llaringizda men uchun arzimagan bo'lsa ham, biror narsa ko'tarib kelishingiz, menga bo'lgan "e'tibor"ingizni bildiradi....
* * * * *
Men bilan ishingiz bo'lmay, telefoningiz bilan mashg'ul bo'lishingiz, meni yosh boladek bu narsalarni tushunmaydi, deb hisoblashingiz, bir nima desam chalg'itdi deb jahlingiz chiqishidan xafa bo'laman...
* * * * *
Oshhonada belim og'rib oyoqlarimda quvvat qolmay, siz va farzandlaringiz uchun yemak tayyorlasam - da, yeganingizda sizga yoqmay ensa qotirishingiz yuragimni parchalaydi....
* * * * *
Uyga kelsangiz, huddi meni ko'rish uchun emas, bir - biringiz bilan gaplashgani kelgandek, sizning suhbatingizda menga o'rin yo'qdek turishingizdan o'zimni kimsasizdek sezaman....
* * * * *
Sizni kutmaganimda, yolg'iz qolganimda, to'satdan ziyoratimga kelishingiz, menga bir olam quvonch baxshida etadi....
* * * * *
Meni yosh boladek sanab, " Uni bunday buni unday qiling " deyishingizga muhtoj emasman. Aksincha men o'z o'rnimda sizga ko'p narsani o'rgatkan, xatolaringizni mehr bilan tushintirgan Ona sifatida muomila qilishingizni hohlardim...
* * * * *
Yoshligingizda xizmatingizni sitqidildan qilardim, mening ham sizga aytolmaydigan ehtiyojlarim bor, har oy maoshingizdan menga ham ozgina ajratsangiz, meni xursand qilgan, duolarim sabab topkaningizda barakani ko'rgan bo'lardingiz....
* * * * *
Kun kelib mening honamga kirasiz lekin meni topolmaysiz....
* * * * *
Xar qancha ulg'aymang, men uchun siz doim beg'ubor, yuragimning bir parchasi, ko'zlarimning nuri, jonim - bolajonim bo'lib qolasiz...
* * * * *
Nasihatimni qabul qiling, jigarbandlarim. Sizlarga qattiqqo'llik qilganimda ham sizni yaxshi ko'rganman....
* * * * *
Dunyoning go'zalligini sizning baxtingizda ko'radigan onangizdan xafa bo'lmang....
* * * * *
Ariqning suvi pastga qarab oqqanidek, siz ham menga nisbatan bolalaringizga ko'proq mehribon bo'lasiz. Insonnig fitrati shunday, Ona " bolam " desa, bola ham " bolam " deydi. Shuning uchun ham Alloh taolo farzandlarga demasdan, ota - onangizga yaxshilik qiling dedi. " Robbing faqat uning o'zigagina ibodat qilishingni va ota - onaga yaxshiilik qilishingni amr etdi. Agar huzuringda ulardan birlari yoki ikkovlari ham keksalikka yetsalar, bas, ularga " uff " dema, ularga ozor berma va ularga yaxshi so'z ayt! Ikkovlariga mehribonlik ila hokisorlik qanoatingni paslat, va " Robbim alar meni kichikligimda tarbiya qilganlaridek alarga rahm qilgin " deb ayt. ( Isro 23 - 24 )
* * * * *
Menga qanday muomila qilsangiz farzandlaringiz ham sizga shunday munosabatda bo'lishadi...
* * * * *
Bu onalarning " Balki o'zi qarashimdan, hayotim, ahvolimdan bilib olar " deb sizga aytolmaydigan so'zlaridir....
Onangizni qadrlang kun kelib izlab ham topolmay qolasiz.....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4